
“Paxtakor” jamoasi bu safar Muborakda “Mash’al” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mazkur uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘yin haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
- Qishki havoda birinchi o‘yinni o‘tkazdik. Bugun ancha sovuq bo‘ldi. Bu maydonda o‘ynash oson emas. Mezbonlarga ham bunday maydonda o‘ynash yoqimli bo‘lmasa kerak. Tez va chiroyli o‘ynash qiyin. O‘yinni nazorat qildik, ishonchli harakatlandik. To‘rtta chiroyli gol urdik. Mezbonlarda goldan tashqari yaqqol vaziyatlar bo‘lmadi. Chempionlik sari yana bir dadil qadam tashladik.
Diyorni yaxshi debyut bilan tabriklayman. U ilk bahsdayoq hafta golini urishga erishdi. Bizda iqtidorlar bor va ular o‘sib borishi kerak.
“Mash’al”da yaxshi jamoa va tizim shakllangan. Bu jamoaga omad tilayman. Bu klubdan ajoyib o‘yinchilar yetishib chiqqan, - dedi Arveladze, “Paxtakor” matbuot xizmatiga. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar