23:32 / 08.05.2021
2 482

APL. Tuxel yana Gvardiolani yengdi, hammasini so‘nggi daqiqadagi gol hal qildi

APL. Tuxel yana Gvardiolani yengdi, hammasini so‘nggi daqiqadagi gol hal qildi

Angliya Premer-ligasi 35-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Chelsi" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Raxim Sterling birinchi bo‘lim so‘ngida hisobni ochdi. Uning goliga 63-daqiqada Xakim Ziyesh aniq zarbasi bilan javob qaytardi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Markos Alonso jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Shunday qilib, "Aristokratlar" ochkolarini 64 taga yetkazib olgan holda, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Shaharliklar" ochkolari soni 80 taligicha qoldi.

"Manchester Siti" – "Chelsi" 1:2
Gollar:
1:0 – 44 Sterling, 1:1 – 63 Ziyesh, 1:2 – 90 Alonso.
"Manchester Siti" – Ederson, Mendi (Zinchenko, 80), Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, Ferran Torres (Gyundogan, 71), Rodri, Sterling, Laport, Gabriel Jezus, Aguero (Foden, 70).
"Chelsi" – Mendi, Alonso, Ryudiger, Kristensen (Zuma, 45), Djeyms, Ziyesh (Xadson-Odoi, 76), Kante (Jorjino, 68), Pulishich, Gilmor, Aspilikueta, Verner.
Ogohlantirishlar: Sterling (12), Gabriel Jezus (90).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » APL. Tuxel yana Gvardiolani yengdi, hammasini so‘nggi daqiqadagi gol hal qildi