14:16 / 31.07.2021
3 655

Tasmuradov ertaga O‘zbekistonda tug‘ilgan sportchiga qarshi kurash olib boradi

Tasmuradov ertaga O‘zbekistonda tug‘ilgan sportchiga qarshi kurash olib boradi

1 avgust kunidan Olimpiya o‘yinlarining sport kurashlari turiga start beriladi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarda -60 kg vaznda ishtirok etadigan Elmurat Tasmuradov 1/8 final bellashuvida Ukraina sharafini himoya qilayotgan Lenur Temirovga qarshi kurash olib boradi. Ma’lumot uchun, Temirov 1990 yilda Olmaliqda tavallud topgan.

G‘olib Armen Melikyan va Nejati bellashuvi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Shuningdek, -130 kg vaznda Mo‘minjon Abdullayev estoniyalik Artur Vititin qarshiligini yengishga harakat qilib ko‘radi. Bu qarama-qarshilikdan keyingi bosqichga yo‘l olgan sportchiga Akosta Farna yoki Guennichi raqiblik qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Tasmuradov ertaga O‘zbekistonda tug‘ilgan sportchiga qarshi kurash olib boradi
[/banner_pushhouse