10:00 / 07.08.2021
2 422

Piter Xyuistra: "Matich g‘alaba golini urgani yoqimli holat"


Coca-Cola Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bugun musobaqa peshqadami va 3-o‘rindagi jamoa o‘zaro bahs olib bordi. "Nasaf" bizga qattiq qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi. Bugun ularning taktik uslubida kutilmagan o‘zgarishlar bo‘ldi. Ular tartibli pressing uslubida o‘ynashga harakat qilishdi.

Bugun har ikki jamoa ham taktik uslublarga tayanib o‘ynadi. Chiroyli va yaxshi o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Yakka kurashlar, indivudial harakatlar, havodagi kurashlar ko‘proq yuzaga keldi. Ikki jamoada ham imkoniyatlar bo‘ldi, bugungi g‘alabadan juda ham xursandman. Matich hal qiluvchi golni urgani yoqimli bo‘ldi.

Bu kabi o‘yinlar menga yoqadi, yangi narsa olish va o‘ylash mumkin. "Nasaf"ga yaxshi o‘yin uchun hurmatimni izhor qilaman va olqishlayman. 

- O‘tgan turdagi va bugungi o‘yinda jamoa g‘alaba qozongan bo‘lsa ham ustunlik raqiblar tomonida bo‘lgandek ko‘rindi. Shuningdek Boyan Matich garchi gol urgan bo‘lsa ham bugungi o‘yinda deyarli ko‘rinmadi. Buni qanday izohlash mumkin?
- Oldingi turdagi va bugungi uchrashuvda vaziyatlar raqiblarda ko‘proq bo‘lgandek ko‘ringandir, lekin ular o‘yinni to‘liq nazorat qilishdi degan fikrdan yiroqman. Biz ikkinchi bo‘limdagi almashtirishlar tufayli o‘zimizni maydonda ancha qulay his qildik. Bu orqali raqibning tempini ham pasaytirdik. 
Boyan Matich haqida fikrim ijobiy. Mehnat qilishdan to‘xtagani yo‘q, yordam berishga harakat qilayapti. "Paxtakor"da to‘liq o‘ynab ketishi uchun bir oz vaqt kerak bo‘ladi. U jamoaviy o‘yinchi sifatida yaxshi taassurot qoldirayapti. U g‘alaba golini urgani yoqimli holat.

- Doston Hamdamovning o‘yini kuchaysa ketib qoladi. Shu kabi futbolchilar o‘rniga yoshlarni tarbiyalasa bo‘ladimi? Shu vazifani bajaruvchi seleksioner murabbiy bormi klubda?
- Hamdamov jamoaga qaytganidan xursandman. U tizimga to‘liq moslashib ulgurgandi. Xorijda o‘yini ochilib ketmagani aynan jamoaga moslashib qolganidan bo‘lishi mumkin. U asosan jamoaviy va tizimli futbolchi.
Gapingiz to‘g‘ri, yoshlar bilan ishlash kerak. Men buni hamisha qo‘llab kelganman. Hamdamovni qaytishi jamoamiz uchun yaxshi bo‘ldi. Uning qaytishi Diyor Xolmatovga raqobat tug‘diradi. Shu orqali u yanada kuchliroq o‘ynashga harakat qiladi. Ko‘plab yoshlar bizda bor, ular bilan ishlayapmiz. Doston Hamdamovning yoshini unutmaslik kerak, u endigina 24 yoshga to‘ldi. Uning maoshi avvalgidan kamroq ko‘rinishda bo‘lishiga o‘zi rozi bo‘ldi, "Paxtakor"da o‘ynashni chin dildan istadi. 

- Ro‘ziqul Berdiyev bilan nima haqida gaplashdingiz? Eng qizig‘i tarjimonsiz qaysi tilda gaplashdinglar?
- Butun dunyoda futbol tili bir xil. Ozroq rus tilida, ozroq o‘zbek tilida gaplashdik. Umuman olganda bir-birimizni tushundik. Ro‘ziqul Berdiyevni hurmat qilaman, u har doim tarkibidan qat’iy nazar sizga qarshi kuchli jamoa qo‘ya oladi. Musobaqada kamida uchinchi, to‘rtinchi o‘rinni olishi mumkin.

- "Paxtakor" futbolchilarida asabiylashish ko‘p kuzatildi. Klub qarashlarida birinchi o‘rinda natijami yoki odamiylikmi?
- Birinchi o‘rinda albatta odamiylik bo‘lishi kerak. Lekin yutish ham kerak (Kuladi). 
Bir vaziyatda Sayfiyev oxirgi marta futbolchiga qaraganda u yotgan edi. Shu sabab to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. Bu orada futbolchi o‘rnidan turib ketib bo‘lgandi. 
Kozak oxirgi vaqtlarda ko‘p o‘ynamayotgandi. Bugun biz uning xizmatlariga ehtiyoj sezdik va ikkinchi bo‘limda maydonga tushirdik. Yaxshi o‘ynadi deb o‘ylayman. A’zamov yoki Anzur Ismoilov o‘yin davomida jamoadagi futbolchilarga ko‘rsatmalar berib turishadi. Buni jamoaning ichidagi yaxshi xolat deb baholayman. Bu har doim ro‘y beradigan xolat. Muxlislar shovqini yo‘qligi uchun bugun bu sizlarga ham eshitildi. 

- Terma jamoalar yig‘inlari "Paxtakor"ning tayyorgarligiga qay darajada ta’sir ko‘rsatadi?
- "Paxtakor"da bu qiyin bo‘ladi. Terma jamoa yig‘in o‘tkazishi kerak. Uning ustiga pandemiya sharoiti ham futbolga ta’sir ko‘rsatayapti. Shuningdek, yoshlar jamoamizdan 10 nafar futbolchi terma jamoaning Misrdagi yig‘inida ishtirok etishdi. O‘sha davrda deyarli yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Chunki safimizda futbolchilar juda kam eli. Shunday bo‘lsa ham vaziyatdan chiqishga harakat qildik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra: "Matich g‘alaba golini urgani yoqimli holat"