Wildberries va Russ yangi raqamli salomatlik platformasini ishga tushiradi

Wildberries va Russ yangi raqamli salomatlik platformasini ishga tushiradi

RWB guruhi bosh ijrochi direktori Robert Mirzoyan kompaniyaning yangi strategik yoʻnalishi — “RWB Zdorovye” raqamli platformasi yaratilishini e’lon qildi. Ushbu loyiha tibbiy va sugʻurta xizmatlarini, shuningdek, farmatsevtika mahsulotlari va salomatlik uchun moʻljallangan tovarlarni yagona maydonda birlashtirishga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Mirzoyanning soʻzlariga koʻra, platformaning asosiy vazifasi sogʻliqni saqlash bozori ishtirokchilarining barchasiga zarur raqamli vositalarni taqdim etishdan iborat. Yangi tizim yordamida iste’molchilar, ayniqsa chekka hududlarda yashovchi aholi, dori-darmon ta’minotiga osonroq kirish imkoniga ega boʻladi.

Ishlab chiqaruvchilar va dorixonalar tarmoqlari uchun esa ushbu platforma Wildberries va Russ birlashuvidan hosil boʻlgan ulkan auditoriya bilan ishlash imkoniyatini yaratadi. Kompaniya amalda tibbiy xizmatlarning oʻziga xos marketpleysini shakllantirishni maqsad qilgan.

Hozircha loyihaning aniq mahsulotlari va texnik tafsilotlari strategiyani faol ishlab chiqish bosqichida ekani sababli keyinroq ochiqlanishi aytilmoqda. Biroq “RWB Zdorovye” foydalanuvchilar uchun ham tibbiy maslahatlar olish, ham kerakli dori vositalarini xarid qilish mumkin boʻlgan yagona raqamli makon boʻlishi aniq.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar