Starlink Boliviya chekka hududlaridagi maktablarni internetga uladi

Starlink Boliviya chekka hududlaridagi maktablarni internetga uladi

Starlink loyihasi doirasida Boliviyaning 14 ta olis hududidagi maktablarda tahsil olayotgan 1000 dan ortiq oʻquvchi va oʻqituvchilar yuqori tezlikdagi sunʼiy yoʻldosh internetiga ulandi. Endilikda ushbu taʼlim muassasalari jahon taʼlim resurslaridan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi. Elon Musk va SpaceX sahifalarida ushbu jarayon aks etgan suratlar eʼlon qilindi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ilgari ushbu maktablar murakkab relyef va infratuzilma yoʻqligi sababli raqamli dunyodan butunlay uzilib qolgan edi. Bugungi kunda Starlink taqdim etayotgan barqaror aloqa oʻquvchilarning raqamli koʻnikmalarini rivojlantirish va savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu kabi loyihalar internet yetib borishi qiyin boʻlgan nuqtalarda taʼlim sifatini tubdan oʻzgartirmoqda.

Hozirgi vaqtda Yer orbitasida 10 000 dan ortiq Starlink sunʼiy yoʻldoshlari faoliyat koʻrsatmoqda. Xizmatdan dunyoning 160 ta mamlakatida 12 milliondan ortiq abonent foydalanmoqda. Shuningdek, 2026-yilda Starship yordamida yangi avlod — V3 sunʼiy yoʻldoshlarini uchirish rejalashtirilgan.

SpaceX tomonidan yaratilgan Starlink tizimi oddiy kabel yoki mobil aloqa mavjud boʻlmagan joylarda keng polosali internetni taʼminlaydi. Kompaniya, shuningdek, noqonuniy faoliyatda qoʻllanilayotgan terminallarni aniqlash va oʻchirish boʻyicha huquq-tartibot idoralari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Bundan tashqari, Starlink yaqin orada Yevropada mobil sunʼiy yoʻldosh spektri savdolarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar