2022 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, tashqi bozorlarda xizmat ko‘rsatuvchi IT Park rezidentlari soni 203 tani tashkil etdi. (o‘sish – 2,7 barobar).
IT Park rezidentlari tomonidan bajarilgan eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 barobarga oshdi va $53,2 millionni tashkil etdi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida IT Park rezidentlari soni 747 ta kompaniyani tashkil etdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 155 foizga o‘sdi.
747 ta kompaniyadan:
- 589 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi;
- 157 tasi viloyatlarda ro‘yxatdan o‘tgan;
- 134 ta kompaniya joriy yilning birinchi yarim yilligida tashkil etilgan;
- 94 ta kompaniya IT sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatmoqda;
- 107 ta xorijiy kompaniya.
Kompaniyalar faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:
- dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;
- ma’lumotlarni qayta ishlash;
- biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
- IT-ta’lim hamda axborot xizmatlarini eksport qilish.
Shu bilan birga, eksportning 88 foizi AQSH, qolgani esa Buyuk Britaniya, Germaniya, MDH davlatlari va BAAga to‘g‘ri keladi. 2022 yilning oxiriga qadar eksport hajmi $100 millionga yetishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi