Trump Mobile mijozlarining shaxsiy maʻlumotlari ochiq tarmoqqa chiqib ketdi

1 daqiqa o'qish183
Trump Mobile mijozlarining shaxsiy maʻlumotlari ochiq tarmoqqa chiqib ketdi

Trump Mobile mobil aloqa provayderi oʻz mijozlarining ismlari, elektron pochta manzillari, yashash manzillari, telefon raqamlari va buyurtma identifikatorlari ochiq internet tarmogʻida himoyalanmagan holda qolganini tasdiqladi. Kompaniya vakili Chris Walker TechCrunch nashriga bergan intervyusida ushbu holat yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini maʻlum qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Hozircha olingan maʻlumotlarga koʻra, foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalari yoki moliyaviy maʻlumotlari tarqalib ketgani haqida dalillar topilmagan. Kompaniya Trump Mobile tarmogʻi, tizimlari yoki infratuzilmasiga hech qanday kiberhujum uyushtirilmaganini va tizim buzib kirmaganini alohida taʻkidlab oʻtdi.

Vakilning soʻzlariga koʻra, maʻlumotlarning ochiq qolishi Trump Mobile operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlovchi uchinchi tomon platformasi bilan bogʻliq. Biroq, ushbu provayderning nomi ochiqlanmagan. Mazkur holat bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar maʻlumotlari hamma uchun ochiq ekani haqidagi xabarlardan soʻng tan olindi.

Chorshanba kuni Trump Mobile telefonlariga buyurtma bergan Coffeezilla va penguinz0 taxallusli ikki nafar YouTuber tadqiqotchilar ularni shaxsiy maʻlumotlar sizib chiqqani haqida ogohlantirganini aytishdi. Ular kompaniya bilan bogʻlanishga harakat qilishgan, biroq urinishlar natija bermagan.

Hozirda Trump Mobile rahbariyati yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan oʻz mijozlarini rasman xabardor qilish yoki qilmaslik masalasini koʻrib chiqmoqda. Mazkur hodisa foydalanuvchilarning shaxsiy daxlsizligi va maʻlumotlar xavfsizligi borasidagi xavotirlarni kuchaytirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?