UzIMEI ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni avtomatlashtirildi

UzIMEI ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni avtomatlashtirildi

Press-tur davomida mobil qurilmalarni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib ham namoyish qilindi.

Endilikda jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoj uchun bojsiz olib kirayotgan mobil qurilmalar bo‘yicha deklaratsiyani rasmiylashtirish va qurilmani UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni bir vaqtning o‘zida avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Avval bu ikki bosqich alohida bajarilgan bo‘lsa, yangi tartib orqali yo‘lovchilarning ortiqcha vaqt sarflashi kamaytiriladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur yengillik mobil qurilma olib kirayotgan yo‘lovchilarning taxminan 70 foiziga qulaylik yaratadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar