O‘zbekistonda AI-92 va AI-95 benzini tanqisligi kuzatilmoqda

O‘zbekistonda AI-92 va AI-95 benzini tanqisligi kuzatilmoqda

Rossiya ichki yoqilg‘i bozoridagi vaziyat va eksportga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar ortidan O‘zbekistonga benzin yetkazib berish keskin kamaygani haqida xabarlar tarqaldi.

Rossiya hukumati avtomobil benzini eksportiga doir cheklovlarni 2026 yil 31 iyulga qadar kuchaytirgan. Rasmiy qarorda bu chora ichki bozorda barqarorlikni saqlash, mavsumiy talab va neft narxining o‘sishi bilan izohlangan. Biroq hukumatlararo kelishuvlar asosidagi yetkazib berishlar cheklovdan mustasno ekani ham qayd etilgan.

Ayni paytda O‘zbekistondagi ayrim yirik tarmoqli AYOQSHlarda, jumladan Toshkentdagi brendli shoxobchalarda AI-92 va AI-95 benzini savdosi deyarli to‘xtagani aytilmoqda.

Import benzinidagi uzilish qancha davom etishi hozircha noma’lum. O‘zbekistonning vakolatli idoralari Rossiyadan benzin yetkazib berish butunlay to‘xtatilgani yoki ichki bozorda rasmiy tanqislik yuzaga kelgani haqida hozircha alohida bayonot bermagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar