Boyqoʻngʻirda yangi ekspeditsiya: ISS sari parvozga soʻnggi tayyorgarlik boshlandi

Qozogʻistondagi “Boyqoʻngʻir” kosmodromida “Soyuz MS-29” boshqariladigan kosmik kemasini uchirishga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi rasman start oldi. Ushbu missiya Xalqaro koinot stansiyasiga (ISS) navbatdagi uzoq muddatli ekspeditsiyani yetkazishni maqsad qilgan boʻloib, koinot tadqiqotlarida xalqaro hamkorlikning muhim boʻgʻini hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Anʻanaga koʻra, “Kosmonavtʻ mehmonxonasi oldida missiya ishtirokchi davlatlarining davlat bayroqlarini koʻtarish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir koinotga parvoz oldidan oʻtkaziladigan eng muhim ramziy marosimlardan biri sanaladi. Marosimda Rossiya, AQSH va Qozogʻiston bayroqlari baland koʻtarilib, bu loyihaning global ahamiyati yana bir bor taʻkidlandi.
Bayroqlarni oʻrnatish sharafi bevosita kosmonavtlarga topshirildi. Rossiya bayrogʻini Roskosmos vakillari Pyotr Dubrov va Anna Kikina, AQSH bayrogʻini NASA astronavtlari Anil Menon va Deniz Bernxem, mezbon davlat Qozogʻiston bayrogʻini esa Dmitriy Petelin va Konstantin Borisov koʻtarishdi. Tadbirda ISS-75 ekspeditsiyasining asosiy va dublyor tarkiblari toʻliq ishtirok etdi.
Tayyorgarlikning soʻnggi ikki haftasi
Parvozga qadar qolgan ikki hafta davomida ekipaj aʻzolari oʻta tigʻiz grafik asosida ish olib borishadi. Bu muddat ichida kosmonavtlar va astronavtlar kema tizimlarini boshqarish boʻyicha yakuniy mashgʻulotlarni oʻtab, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish koʻnikmalarini yana bir bor sinovdan oʻtkazadilar.Shuningdek, tibbiy koʻriklar va karantin choralari tayyorgarlikning ajralmas qismi hisoblanadi. Mutaxassislar ekipaj aʻzolarining jismoniy holatini doimiy nazorat qilib borishadi, zero koinotdagi ogʻirlik kuchi yoʻqligi sharoitida organizmga tushadigan yuklamalarga chidamlilik missiya muvaffaqiyatini belgilab beradi.
Markaziy Osiyo mintaqasi uchun Boyqoʻngʻirdan amalga oshiriladigan har bir parvoz texnologik va strategik jihatdan katta qiziqish uygʻotadi. Dunyodagi eng qadimgi va eng yirik kosmodrom boʻlgan ushbu majmua bugungi kunda ham insoniyatning koinotni oʻrganish yoʻlidagi asosiy darvozasi boʻlib qolmoqda.
“Soyuz MS-29” kemasining starti yaqin kunlarga rejalashtirilgan boʻlib, u ISS bortidagi ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga xizmat qiladi. Mazkur missiya doirasida oʻnlab ilmiy tajribalar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.






























Izohlar 0
…