date

Samsung o‘zbekistonlik foydalanuvchilarni SMS-spamlardan ogohlantirdi

Samsung o‘zbekistonlik foydalanuvchilarni SMS-spamlardan ogohlantirdi

Samsung kompaniyasi o‘zbekistonlik foydalanuvchilarni shu kunlarda SMS-xabar ko‘rinishidagi spamlar jo‘natilayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda Facebook’dagi Samsung Mobile Uzbekistan sahifasiga asoslanib «Uz24.uz» xabar berdi.

«Huramtli xaridor! Siz Samsung kompaniyasi mahsulotini sotib oldingiz. Biz sizning tanlovingizni qadrlaymiz! Android operasion tizimidagi telefon sizning hayotingizni yaxshilaydi. Mahsulotimizni xarid qilib, siz Samsung kompaniyasining bonus mahsuloti Galaxy Tab S (10,5 dyuymli) planshetni qo‘lga kiritdingiz. Smartfoningizning kodi N/E 679904314560G. Samsung kompaniyasining o‘zingizga qulay bo‘limida kodingizni ko‘rsatib o‘z sovg‘angizni olib ketishingiz mumkin», − deyiladi tarqatilayotgan spamda.

Samsung kompaniyasi bunday xabarlarning to‘g‘ri emasligini rasman e’lon qilib, foydalanuvchilarni bunga e’tibor bermaslikka chaqirdi.

Manba: www.daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung o‘zbekistonlik foydalanuvchilarni SMS-spamlardan ogohlantirdi