23:30 / 25.09.2020
2 846

Koronavirusni eng tez aniqlab beradigan test yaratildi

Koronavirusni eng tez aniqlab beradigan test yaratildi
Foto: «Iz.ru»
Germaniyaning «Bosch» kompaniyasi COVID-19ni 39 daqiqada tekshirib beradigan tizimni ishlab chiqdi. Bu haqda 25 sentabr kuni kompaniya press-relizida xabar berilgan.

«Bosch» SARS-CoV-2 qo‘zg‘atuvchisini aniqlashda o‘zining «Vivalytic» analitik uskunasi uchun yangi ekspress-testni ishlab chiqdi. Shu tariqa, test natijasi 39 daqiqa ichida aniq bo‘ladi — hozirda dunyo bo‘yicha PZR asosida ishlaydigan bundan ham tezroq test mavjud emas», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu testdan tezkor natija olish talab etiladigan joylarda, xususan, aeroportlarda foydalanish mumkin. Mazkur test Yevropada tarqalishga ulgurdi. Yangi test tizimi Germaniya Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi ko‘magida ishlab chiqilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Koronavirusni eng tez aniqlab beradigan test yaratildi