11:53 / 26.09.2020
2 719

Qo‘riqchi-dron: U o‘g‘ri tushgani haqida uy egasini ogohlantirib, kutilmagan mehmonni videoga oladi

Qo‘riqchi-dron: U o‘g‘ri tushgani haqida uy egasini ogohlantirib, kutilmagan mehmonni videoga oladi
Foto: Digital Trends
Amazon kompaniyasi yangi mahsulotlari taqdimoti vaqtida Ring nomli sho‘’basiga tegishli qo‘riqchi-dronni taqdim etdi, deb xabar beradi Meduza.

Ring kompaniyasi «aqlli» uylar uchun turli qurilmalarni yaratish bilan shug‘ullanadi. Gadjet Always Home Cam nomini olgan. U suratga olinayotgan tasvirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon yoki planshetga uzatuvchi kamera bilan jihozlangan. Boshqa vaqtda Always Home Cam maxsus dok-stansiyada «yashirinib o‘tiradi».

Biroq uy egasi yo‘q vaqtida xonadonga kimdir tashrif buyursa, dron o‘z inidan chiqib, bu haqda uy egasini ogohlantiradi va kutilmagan mehmon qarshisiga uchib boradi. Dron reklamasida ushbu mehmon o‘g‘ri bo‘lib chiqqan — u qurilmani ko‘rib, qo‘rqqanidan qochib ketgan.

Amazon ushbu dron narxiga aniqlik kiritmagan. The Verge’ning taxminicha, Always Home Cam 250 dollar atrofida bo‘lib, kamida 2021 yilda sotuvga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qo‘riqchi-dron: U o‘g‘ri tushgani haqida uy egasini ogohlantirib, kutilmagan mehmonni videoga oladi