date

Gerreyru se perderá el partido de la Liga de Campeones contra el PSG

Gerreyru

"Bavariya" jamoasi himoyachisi Rafael Gerreyru jarohati sabab Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vinsent Kompani Parijning "PSJ" klubiga qarshi muhim bahsda 32 yoshli futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi.

Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, Gerreyru Germaniya chempionati doirasidagi "Mayns"ga qarshi o'yinda chap oyog'idan jarohat olgan. Tibbiy ko'rik natijasida futbolchining mushaklari biroz shikastlangani ma'lum bo'ldi.


Myunxenliklar g'alaba qozongan o'sha bahsda himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.

Hozircha portugaliyalik himoyachining qachon safga qaytishi aniq emas, biroq u seshanba kuni Parijda bo'lib o'tadigan o'yinni aniq o'tkazib yuboradi. Gerreyru joriy mavsumda barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Shuningdek, Rafael Gerreyru mavsum yakunida "Bavariya"ni tark etishi tasdiqlandi. Uning amaldagi shartnomasi shu yozda tugaydi va klub rahbariyati bitimni uzaytirmaslikka qaror qildi.

Futbolchiga Italiyaning "Yuventus" va Portugaliyaning "Benfika" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ctrl
Enter
¿Has encontrado un error?
Selecciona la frase y pulsa Ctrl+Enter
Información
Los usuarios del grupo Invitado no pueden comentar esta publicación.
Noticias » Deportes » Gerreyru se perderá el partido de la Liga de Campeones contra el PSG