В США успешно испытан ракетный двигатель с тягой 1,8 тонны

В США успешно испытан ракетный двигатель с тягой 1,8 тонны
Кратко

Компания Astrobotic успешно провела испытания прототипов своего инновационного ротационного детонационного двигателя Chakram с тягой более 1,8 тонны. В ходе тестов в Центре космических полетов имени Маршалла установка проработала непрерывно 300 секунд, что претендует на новый мировой рекорд для двигателей такого типа. Данная технология использует сверхзвуковые детонационные волны, что позволяет значительно эффективнее расходовать топливо по сравнению с традиционными ракетными двигателями. В перспективе Chakram планируют использовать для лунных посадочных модулей Griffin, многоразовых ракет и орбитальных транспортных систем.

«Astrobotic» kompaniyasi NASAning Alabama shtatidagi Marshall kosmik markazida o‘zining «Chakram» rotatsion-detonatsion raketa dvigatelini (RDRE) sinovdan o‘tkazishni yakunladi. Kampaniya doirasida dvigatelning ikki prototipi sakkizta olovli testdan o‘tib, jami 470 soniyadan ko‘proq vaqt davomida ishladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Sinovlar davomida 300 soniya davom etgan uzluksiz yonish jarayoni alohida e'tirof etildi. Kompaniya vakillarining so'zlariga ko'ra, bu ko'rsatkich bugungi kunda rotatsion-detonatsion dvigatellar uchun o'rnatilgan jahon rekordi bo'lishi mumkin.

Har bir dvigatel 1,8 tonnadan ortiq (taxminan 18 kN) tortish kuchini namoyish etdi.

An'anaviy suyuqlik bilan ishlaydigan raketa dvigatellaridan farqli o'laroq, rotatsion-detonatsion qurilmalar halqasimon yonish kamerasida aylanuvchi tovushdan tez detonatsiya to'lqinlaridan foydalanadi. Bunday texnologiya yoqilg'i energiyasidan ancha samarali foydalanish imkonini beradi.

«Astrobotic» kelajakda «Chakram» dvigatelini «Griffin» oyga qo'nish modullari, ko'p marta ishlatiladigan «Xodiac» va «Xogdor» raketalari hamda yangi orbital transport apparatlarida qo'llashni rejalashtirmoqda. Muhandislar muvaffaqiyatli sinovlar keyingi bosqich uchun mustahkam poydevor bo'lishini ta'kidladi.

Добавьте сайт Zamin.uz в GoogleЧитайте «Zamin» в Telegram!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» редактор

Комментарии 0

Похожие новости