Yangi Lada Iskra TMS taqdim etildi: 218 ot kuchi va sekvental uzatmalar qutisi

Yangi Lada Iskra TMS taqdim etildi: 218 ot kuchi va sekvental uzatmalar qutisi
Audio versiyasi

PMEF-2026 doirasida AvtoVAZ oʻzining yangi Iskra modelining eng gʻayritabiiy versiyalaridan biri — “TMS Motorsport” kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan poyga uchun moʻljallangan Lada Iskra TMS avtomobilini namoyish etdi. Ishlab chiquvchi avtosport olamida yaxshi tanilgan: aynan uning texnologiyalari asosida Lada Granta TC1 qurilgan boʻlib, unda britaniyalik poygachi Rob Huff 2014-yilda Makao trassasida rekord oʻrnatgan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Lada Iskra TMS kapoti ostida 218 ot kuchi va 280 N·m aylanish momentiga ega 1,6 litrli turbomotor joylashgan. U bilan birga 6 pogʻonali sekvental mexanik uzatmalar qutisi ishlaydi. Sekvental quti viteslarni maksimal darajada tez va xatosiz almashtirish uchun xizmat qiladi. Klassik “mexanika”an farqli oʻlaroq, bu mexanizm viteslarni faqat ketma-ket — yuqoriga yoki pastga (bir vaqtning oʻzida faqat bitta pogʻonaga) oʻtkazish imkonini beradi.

Musobaqalarda ishtirok etish uchun avtomobil xavfsizlik karkasi payvandlangan yengillashtirilgan kuzov, rivojlangan aerodinamik obves, siqilish va qaytish darajasi sozlanadigan modernizatsiya qilingan kuchaytirilgan podveska hamda yangi 17 dyuymli gʻildirak disklariga ega boʻldi.

Loyiha yangi formatdagi uzoq davom etadigan poygalar — monokubokda qatnashishga yoʻnaltirilgan boʻlib, Lada Iskra TMS ishtirokidagi ilk poygalar kelasi yilga rejalashtirilgan. Avvalroq RCI Service tyuning kompaniyasi ham Lada Iskra modelining 160 ot kuchiga ega ilk turbiversiyasini yaratishini eʼlon qilgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar