11:35 / 07.03.2024
362

Avtomobillarga «qizil», «sariq», «yashil» ekologik stikerlar beriladi. Bu qanday ishlaydi?

Avtomobillarga «qizil», «sariq», «yashil» ekologik stikerlar beriladi. Bu qanday ishlaydi?
Endi haydovchilarga maxsus markazlarda davlat raqam belgisi va qayd etish guvohnomasini berish bilan birga transport vositasidan ekologiyaga chiqayotgan zararli moddalar miqdori ham tekshirilishi, uning natijasidan kelib chiqib, maxsus ekologiya stikerini berish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ro‘yxatga olish - diagnostika markazi deb nomlanadigan bunday obyektlarda haydovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni avtomatlashtirilgan tarzda, tezkor amalga oshiriladi.

Dastlab, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun kelgan transport vositalari kirish qismidagi yo‘laklar bo‘ylab, tartibli harakatlanadi.

Statsionar kameralar har bir avtomobilning davlat raqamini qayd etadi va yagona axborot tizimi bilan taqqoslaydi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati
Qarzdorligi bo‘lgan yoki taqiq mavjud bo‘lgan transport vositalari alohida yo‘lak orqali ma’muriy binoga yo‘naltiriladi. Boshqa transport vositalari elektron navbatga biriktiriladi va keyingi blokka yo‘naltiriladi.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xodimi transport vositasining agregat va kuzov raqamlarining hujjatlarga mosligini tekshiradi va elektron ro‘yxatga oladi.

Diagnostika markazi xodimi transport vositasidan atrof-muhitga chiqayotgan zararli moddalar miqdorini tekshiradi. Haydovchiga to‘lovni amalga oshirish haqida SMS xabar yuboriladi.

Transport vositasi keyigi bosqichga o‘tish uchun kutish maydoniga yo‘naltiriladi. Navbati yetib kelgach, tayyor hujjatlarni olish uchun maxsus yo‘lakka yo‘naltiriladi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati
So‘ngra, ekologik ekspertiza natijasidan kelib chiqib, haydovchiga qizil, sariq yoki yashil stiker beriladi. U avtomobilning old oynasiga yopishtiriladi. Qayd qilinishicha, barcha jarayon taxminan 15 daqiqa vaqt oladi.

Kelgusida joriy ekologik vaziyatdan kelib chiqib, shaharlar hududi bir nechta ekologik zonalarga ajratiladi. Bunda transport vositalarining havoga chiqarayotgan zararli moddalari darajasiga ko‘ra (stiker rangiga qarab) ayrim ekologik zonalarga kirishi cheklanadi. Ya’ni yashil hududlarga faqat yashil stikerli mashinalar kiradi va h.k.

Agar haydovchilar ushbu tartibga amal qilmasa, avtomatlashtirilgan kameralar orqali qoidabuzarlarga jarima yoziladi. Tushgan mablag‘lar hududning ekologik holatini yaxshilashga sarflanadi.

Ta’kidlanishicha, kelajakda respublika bo‘ylab 84 ta ro‘yxatga olish-diagnostika markazi hamda 216 ta hududiy tuman bo‘linmalarini ekologik diagnostika uskunalari bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.

O‘z navbatida aholi uchun elektromobillarni xarid qilishni rag‘batlantirish, bunday toifadagi avtomobillar uchun davlat raqamlarini berishda undiriladigan to‘lov miqdorlarini kamaytirish yuzasidan choralar ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobillarga «qizil», «sariq», «yashil» ekologik stikerlar beriladi. Bu qanday ishlaydi?