Avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 6,4 mln so‘mga yaqinlashdi

Avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 6,4 mln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 2026 yil 1 sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘m etib belgilanadi. Ushbu miqdordan kelib chiqib, avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq asosiy to‘lovlar ham hisoblanadi.

Oddiy avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 3 009 600 so‘m to‘lanadi. Davlat raqami belgisini olish narxi 3 080 000 so‘mni, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi esa 308 000 so‘mni tashkil etadi.

Shu tariqa, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi ushbu uchta asosiy to‘lovning umumiy qiymati 6 397 600 so‘m bo‘ladi.

Elektromobillar, mototsikllar va tirkamalar uchun esa boshqa tariflar qo‘llanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar