date

Chevrolet yangilangan Onix va Onix Plus’ni namoyish etdi

Chevrolet yangilangan Onix va Onix Plus’ni namoyish etdi
Braziliyada Chevrolet kompaniyasi Onix va Onix Plus modellari yangilangan ko‘rinishda taqdim etildi, deb Kolesa xabar berdi.
Xetchbek va sedan kuzovli modellarga tashqi ko‘rinishda biroz o‘zgartirishlar kiritilgan. Har ikki versiyada old bamper va radiator panjarasi yangilangan. Sedanning orqa chiroqlari “shaffof” uslubda yasalgan, xetchbekda esa yangi dizayn qo‘llanilgan.

Chevrolet Onix RS katta spoiler, qora logotip va 16 dyuymli g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Multimediasi ham yangilanib, 11 dyuymli sensorli ekran bilan ta’minlandi.

Qimmatroq komplektatsiyalarda 8 dyuymli raqamli panel, konditsioner, orqa kamera va avtomatik to‘xtash tizimi mavjud. RS versiyasida telefon uchun simsiz quvvatlash funksiyasi ham bor.

Avtomobillarga atmosferali va turbomotorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular ekologik talablar asosida yangilangan. Motor quvvati oddiy versiyada 80–82 ot kuchi, turbodagi esa 116–121 ot kuchini tashkil etadi.

Yangilangan Onix va Onix Plus avtomobillari tez orada savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan. Keyinchalik ular Lotin Amerikasining boshqa davlatlariga ham yetkaziladi.

Onix sedani O‘zbekistonda ham ishlab chiqariladi. Yil boshidan beri 7 ming dona Onix sotilgan. Yangilangan talqinlari O‘zbekiston bozoriga ham chiqishi mumkin.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chevrolet yangilangan Onix va Onix Plus’ni namoyish etdi