Foto: Globallookpress
21-30 aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Pekin avtosaloni Xitoyda avj olgan yangi turdagi koronavirus epidemiyasmi sababli qoldirildi. Bu haqda Automotive News nashri xabar berdi. Yirik xalqaro ko‘rgazmaning yangi o‘tkazilishi muddati hozircha ma’lum qilinmagan.
Pekin avtosaloni dunyodagi eng yirik avtomobillar bozori hisoblangan Xitoydagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Avtosalonda mahalliy kompaniyalardan tashqari, dunyoning yetakchi avtomobilsozlik kompaniyalari, jumladan Mercedes-Benz, Volkswagen, Audi, BMW va Ford ishtirok etadi.
Avvalroq koronavirus sababli Tesla, Ford, PSA Group, Nissan va Honda kompaniyalari Xitoydagi zavodlarini, Hyundai esa ehtiyot qismlari yetkazilishidagi muammolar sababli Janubiy Koreyadagi zavodlarini to‘xtatishga qaror qilgandi.
Shuningdek, avvalgi hafta koronavirus “Formula-1” poygasining 17-19 aprelga belgilangan Xitoydagi bosqichi bekor qilinishiga olib kelgani ma’lum qilingandi. Xitoy gran-prisi tashkilotchilari virus tarqalishi to‘xtatilsa, poyga 2020 yil davomida o‘tkazilishi mumkinligini aytishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi