O‘zbekistonda Xitoy avtomobillari savdosi 48,2 foizga oshdi

2026 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda Xitoy avtomobil brendlari savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 48,2 foizga o‘sdi. Natijada ularning yangi avtomobillar bozoridagi ulushi 11,6 foizdan 18,4 foizgacha ko‘tarildi.
O‘zbekiston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida mamlakatda jami 318 949 ta yangi avtomobil sotilgan. Bu 2025 yilning yanvar–oktyabr oylaridagi ko‘rsatkichdan 6,5 foiz kam. Demak, umumiy bozorda savdo hajmi pasaygan bo‘lsa-da, Xitoy brendlari o‘z sotuvlarini oshirishga erishgan.
Ishlab chiqaruvchilar kesimida bozor ulushi quyidagicha taqsimlangan:
• Chevrolet — 74 foiz;
• ADM Global — 12,3 foiz;
• BYD — 10,7 foiz.
BYD kompaniyasi ko‘rsatkichlari ham o‘sgan. Bir yil davomida uning O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushi 5,1 foiz punktga ko‘paydi.
Statistika Xitoy avtomobil brendlarining mahalliy bozordagi mavqei mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi. Shunga qaramay, Chevrolet 74 foizlik ulush bilan yetakchilikni saqlab turibdi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…