Dunyodagi eng chuqur basseyn: suv ostida butun bir shahar yashiringan

Deep Dive Dubai — Dubay shahrida joylashgan bo‘lib, u dunyodagi eng chuqur sun’iy basseyn sifatida tan olingan. Uning chuqurligi 60,02 metrni tashkil etadi va u Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.
Basseyn 2021 yil 28 iyul kuni rasman ochilgan bo‘lib, u 14 million litr toza suv bilan to‘ldirilgan. Bu hajm taxminan 6 ta olimpiada standartlariga mos basseynga teng keladi.
Deep Dive Dubai'ning eng qiziq jihatlaridan biri — uning ichki dizaynidir. U “cho‘kib ketgan shahar” mavzusida yaratilgan bo‘lib, suv ostida xonalar, avtomobillar, mototsikllar va turli obyektlar joylashtirilgan. Bu esa tashrif buyuruvchilarga o‘zini go‘yo sirli shaharda suzayotgandek his qilish imkonini beradi.
Bu yerda professional dayverlar uchun ham, yangi o‘rganuvchilar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Mehmonlar scuba diving, freediving kabi turli suv osti mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi mumkin.
Mazkur noyob inshoot nafaqat rekord egasi, balki zamonaviy muhandislik va dizaynning ajoyib namunasi sifatida ham dunyo bo‘ylab katta qiziqish uyg‘otmoqda.





























Izohlar 0
…