Xitoyda robot bolakayni tepib yubordi

Xitoyda noodatiy va biroz xavotirli holat yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Shinjon-Uyg‘ur o‘lkasidagi sayyohlik maskanlaridan birida sodir bo‘lgan.
Voqea davomida masxaraboz parigini taqib olgan Unitree G1 nomli humanoid robot tomoshabinlar oldida jang san’ati harakatlarini namoyish etayotgan bo‘lgan. Shu paytda u kutilmaganda yaqin turgan bolakaylardan birini oyog‘i bilan tepib yuborgan.
Hodisa xavfsizlik kameralariga tushib qolgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola jiddiy jarohat olmagan, uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Shanghai Daily xabariga ko‘ra, voqea ortidan mutaxassislar ham o‘z munosabatini bildirgan. Robototexnika haqida yozuvchi TechniaHQ blogi muallifi ushbu holatda robotning o‘zi emas, balki uni boshqarayotgan inson omili asosiy sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.
Uning fikricha, bu kabi hodisalar xavfsizlik choralariga yetarli e’tibor berilmayotganini ko‘rsatadi. Hatto u ushbu voqeani “robototexnika sanoati uchun sharmandalik” deb baholagan.





























Izohlar 0
…