
Foto: Piotr Matusewicz / East News
Polsha Ukrainaga 200dan ortiq T-72 tanklari va bir necha o‘nlab zirhlangan mashinalar yetkazib berdi. Bu haqda Polsha radiosi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, T-72 tanklari Ukrainaga Chexiya orqali yetkazib berilgan.
Radiostansiyaning ma’lumot berishicha, Varshava Kiyevga 7 mlrd zlotiylik (1,59 mlrd dollar) harbiy yordam bergan.
Harbiy yordamdan 2S1 «Gvozdika» gaubitsalari va «Grad» reaktiv qurilmalari, Mig-29 va Su-27 samolyotlari uchun «havo-havo» sinfidagi raketalar o‘rin olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar