40 santimetr suv ichida to‘y! To‘yga kelgan mehmonlarning keyingi harakati barchani hayratga soldi

Vetnamning Quang Tri provinsiyasida o‘tkazilgan to‘y marosimi kutilmaganda noodatiy manzaraga aylandi. Kuchli yomg‘ir va suv toshqiniga qaramay, mehmonlar dasturxonni tark etmadi — ular qariyb 40 santimetr chuqurlikdagi suv ichida turib, to‘y taomlaridan tanovul qilgan.
13-sentyabr kuni Duong My va Thai Huynhning to‘yi oila hovlisida o‘tkazilgan. Biroq yaqin atrofdagi Thach Han daryosi tropik siklon sabab to‘satdan toshib, suv marosim o‘tkazilayotgan hududga kirib kelgan.
Mehmonlar shimlarini baland qilib, suv ichida tik turgan holda dasturxon atrofida ovqatlangan. Suv sathi taxminan 40 santimetrga yetgach, oila xavfsizlik nuqtayi nazaridan marosimni keyingi kunga qoldirishni ham ko‘rib chiqqan.
Biroq vaziyat tez orada o‘zgargan. 14-sentyabr kuni soat 03:00 atrofida suv to‘liq qaytgan.
Suv chekingach, kelin-kuyovni kutib olish marosimi odatdagidek davom etgan. To‘y egalari esa kutilmagan suv toshqini quvonchli kunlarini yanada esda qolarli voqeaga aylantirganini aytishgan.































Izohlar 0
…