Mariupoldagi "Azovstal" zavodini so‘nggi 2 kun ichida 101 nafar ukrainalik millatchilar qo‘lida bo‘lgan tinch aholi tark etgan. Bu haqida Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Evakuatsiya qilinganlar vaqtinchalik turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Ulardan 11 nafari o‘z ixtiyori bilan Donetsk Xalq Respublikasida qolishga qaror qilgan, 69 nafari esa Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududga borishni xohlashgan va allaqachon Zaporoje shahri yo‘nalishi bo‘yicha kuzatib qo‘yilgan.
“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari "Azovstal" zavodi hududidan Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududga evakuatsiya qilingan tinch aholi vakillari bilan gumanitar karvon xavfsizligini ta’minlamoqda”, — deya ta’kidladi Mudofaa vazirligi.
Shuningdek, 30 aprel kuni korxona hududidan 21 kishi, yaqin atrofdagi uylardan 25 kishi chiqib ketgan. Ularning barchasi DXRda qolishga qaror qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Azovstalga hujum qilishni ta’qiqlagan va zavodni qurshovga olishni buyurgan edi. Shunindan so‘ng u yerda yashiringan jangarilar va millatchilarga qurol topshirish va taslim bo‘lish taklif etilgan. Jangarilar zavodning yer osti inshootlarida bir necha yuz nafar tinch aholi vakillarini garovga olgani to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas