O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova 69 yoshni qarshi oldi

O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova 69 yoshni qarshi oldi

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Saida Rametova bugun, 21 sentyabr kuni 69 yoshni qarshi oldi. San’atkor 1957 yil 21 sentyabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

Saida Rametova ko‘p yillik ijodiy faoliyati davomida o‘zbek kino va teatr san’atida o‘ziga xos o‘rin egallab, turli obrazlari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan. Ayniqsa, aktrisaning o‘zbekona onalik mehri, samimiyligi va hayotiy obrazlari muxlislar tomonidan iliq kutib olingan.

San’atkor milliy san’at rivojiga qo‘shgan hissasi uchun 1998 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2020 yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeniga sazovor bo‘lgan.

O‘zbek ayoli turli liboslarda tasvirlangan suratlar kolleji.

2025 yilda Saida Rametovaga mamlakatdagi eng yuksak e’tiroflardan biri — “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berilgan.

Saida Rametova 69 yoshida ham o‘zining samimiyligi, kuchli xarakteri va ijodga bo‘lgan mehrini namoyon etib kelmoqda.

Jamoamiz nomidan Saida Rametovani tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va ijodiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar