Taniqli aktyor O‘tkir Mengliyev qizini uzatdi

Taniqli aktyor O‘tkir Mengliyev qizini uzatdi

O‘zbek san’atidagi taniqli aktyor O'tkir Mengliyev oilasida quvonchli kun. San’atkor qizini turmushga uzatib, uning baxtli kunini yaqinlari va hamkasblari davrasida nishonladi.

To‘y marosimida O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari ham jam bo‘lib, hamkasbining quvonchiga sherik bo‘ldi.

O'tkir Mengliyevning qizini kuzatish marosimi samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgani aytilmoqda. Yaqinlari yosh oilaga baxt, totuvlik va farovon hayot tiladi.

Yangi qurilgan oilaga mustahkam sog‘lik va uzoq yillik baxt tilaymiz.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar