07:00 / 13.05.2022
3 282

Qozog‘istonda inflyatsiya rekord darajada ko‘tarildi

Qozog‘istonda inflyatsiya rekord darajada ko‘tarildi
Foto: Bloomberg
Qozog‘istonda inflyatsiya rekord darajada ko‘tarildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vaziri Alibek Kuantirov ma’lum qildi.

Kuantirovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda inflyatsiya darajasini pasaytirish va jilovlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

- Inflyatsiya global tendensiyadir. Dunyoda so‘nggi 12 oy ichida narxlar 36 foizga oshdi, buni hisobga olgan holda rekord darajadagi inflyatsiya kuzatilmoqda, — deydi Kuantirov.

Qozog‘istonda inflyatsiya aprel oyida 13,2 foizni tashkil etgan va bu rekord darajadir.

- Karantin vaqtida yetkazib berish zanjirlari uzilib qolgani sababli oziq-ovqat narxi oshib bormoqda. Keyin iqlim omili paydo bo‘ldi, biz buni o‘tgan yili Qozog‘istonda kuzatdik. Qolaversa, geosiyosiy vaziyat inflyatsiya masalasini keskinlashtirdi, — deya ma’lum qiladi Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vaziri.

Kuantirovning qo‘shimcha qilishicha, Milliy bank bilan birgalikda inflyatsiyaga qarshi choralar ko‘rilmoqda.

- Inflyatsiyani pasaytirish va jilovlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar mavjud. Milliy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirmoqda, hukumat diversifikatsiya qilish, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, import o‘rnini bosishni 80-100 foizga yetkazish bo‘yicha tezkor va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, — deya tushuntirdi Milliy iqtisodiyot vazirligi rahbari.

Qozog‘iston Milliy banki ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida Qozog‘istonda inflyatsiya barcha komponentlar bo‘yicha narxlar o‘sishining tezlashishi fonida 13,2 foizgacha tezlashdi. Prognozlarga ko‘ra, inflyatsiya yil oxirigacha yuqori darajada saqlanib qoladi.

O‘zbekistonda inflyatsiya qanday?
O‘zbekistonda 2022 yilning aprel oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning inflyatsiya darajasi 1,47 foizni tashkil etdi.

2022 yilning yanvar–aprelida iste’mol bozorida narxlarning o‘sish sur’ati 4,4 foizni (2021 yilning shu davrida 4,1 foiz bo‘lgan), o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 1,1 foizni (2021 yilda 1 foiz) tashkil etdi.

Yillik nisbatda (2021 yilning aprel oyiga nisbatan) iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 10,4 foizga yetdi. 2021 yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida o‘rtacha 1,5 foizga va 2020 yilning mos davrida 1,7 foizga qimmatlashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda inflyatsiya rekord darajada ko‘tarildi