17:27 / 16.05.2022
1 196

Rossiyada eng ko‘p YTHni o‘zbekistonlik haydovchilar sodir etgani ma’lum qilindi

Rossiyada eng ko‘p YTHni o‘zbekistonlik haydovchilar sodir etgani ma’lum qilindi
Foto: AGN Moskva
2021 yilda Rossiyada xorijlik haydovchilar tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining asosiy qismi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari aybi bilan sodir bo‘lgan. Bu haqda Rossiya IIV Yo‘l harakati xavfsizligi ilmiy markazi tomonidan tayyorlangan axborot tahlilida ma’lum qilingan.

Jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining aybi bilan 1 290 ta, Qirg‘iziston fuqarolarining aybi bilan 1 092 ta va tojikistonliklar aybi bilan 894 ta yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan.

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarini 417 ta YTH sodir etgan armanistonlik va 346 ta YTH sodir etgan ozarboyjonlik haydovchilar egallagan.

Og‘ir asoratga olib keluvchi YTHlarni MDH davlatlari fuqarolari orasida ko‘proq qozog‘istonlik va Belaruslik haydovchilar sodir etgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilda Rossiyada xorijliklar aybi bilan sodir bo‘lgan YTHlar soni ortgan. Jumladan, 2021 yilda xorijliklar tomonidan 5000 dan oshiq YTH sodir etilgan bo‘lib, bu 2020 yildagi ko‘rsatkichdan 6 foizga ko‘p.

2021 yilda xorijliklar tomonidan sodir etilgan YTHlar oqibatida 431 kishi halok bo‘lgan, 6 ming 709 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada eng ko‘p YTHni o‘zbekistonlik haydovchilar sodir etgani ma’lum qilindi