Foto: «Izvestiya»
Litva Rossiya elektr energiyasini import qilishdan voz kechdi. 22 may kuni Nord Pool birja operatori Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi yagona importchi Inter RAO guruhi bilan Rossiya elektr energiyasi savdosini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda Delfi.
Litvaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji mahalliy ishlab chiqarish hamda Shvetsiya, Polsha va Latviyadan import qilish hisobiga qoplanadi. Litgrid operatorining ma’lumotlariga ko‘ra, yuqoridagi davlatlar 2021 yilda Litvaga jami elektr energiyasi importining 83 foizini ta’minlab bergan.
Litva Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasini sotib olayotgan so‘nggi Boltiqbo‘yi mamlakati edi. Shu bilan birga, Litva Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib Rossiya gazidan to‘liq voz kechgandi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bir nechta sanksiyalar paketini, jumladan, Rossiyadan ko‘mir importini taqiqlashni qabul qildi. Aprel oyida ko‘rib chiqila boshlagan, ammo haligacha ma’qullanmagan yangi sanksiyalar to‘plami Rossiya neftiga embargo qo‘yishni nazarda tutadi.
18 may kuni Yevrokomissiya Rossiya energiya manbalaridan voz kechish uchun energiya tizimini isloh qilish rejasini taqdim etdi. U energiya sarfini kamaytirish, ta’minot manbalarini diversifikatsiya qilish va qayta tiklanadigan energiya iste’molini oshirish, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish kabilarni o‘z ichiga oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda