Foto: BBC
Xitoy aholisi, 1959–1961 yillardagi Buyuk ocharchilikdan beri, ilk marta qisqardi. Bu haqda tadqiqotchi Syutszyan Penning maqolasiga asoslanib VVS xabar berdi.
Dunyoning 1/6 qismidan ko‘p aholisi Xitoyga to‘g‘ri keladi, so‘nggi 40 yilda mamlakat aholisi soni 600 milliondan 1,4 milliardgacha o‘sdi.
Xitoy milliy statistika byurosining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilda mamlakat aholisi atigi 480 ming kishiga ko‘paydi. 10 yil oldin mamlakat aholisi soni har yili 8 millionga ko‘paygan.
Tug‘ilish darajasining sekinlashishi xitoylik oilalarda COVID-19 va qattiq karantin sharoitlarida bolali bo‘lish xohishi yo‘qligi bilan ham izohlanmoqda.
1980-yilarning oxirlarida Xitoyda tug‘ilish koeffitsiyenti (bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘uruqlar) 2,6 ni tashkil etgan. 1994 yilda ko‘rsatkich 1,6–1,7 ga tushdi. 2020 yilda — 1,3, 2021 yilda — 1,15 ga pasaydi.
Solishtirish uchun: Avstraliya va AQSHda tug‘ilish koeffitsiyenti — 1,6, Yaponiyada — 1,3.
Hukumatning «bir oilaga bir bola» siyosatidan voz kechishi ham Xitoydagi demografik inqirozga barham berolmadi. XXR hukumati o‘tgan yili «uch farzand» siyosatini, umumiy soliq va hokazo rag‘batlarni joriy etdi. Foydasiz...
Nega xitoylik ayollar tug‘ishni istashmayapti?
Turli nazariyalar ilgari surilmoqda. Ayrimlarida kichik oilalar urfga kirgani aytilsa, yana birlarida yashash qiymati oshib ketgani ta’kidlanadi.
Nikoh yoshining kattalashgani, bola tug‘ilishini kechiktirish va umuman olganda, farzandli bo‘lish istagining yo‘qligi muammo sabablaridan deguvchilar ham yo‘q emas.
Umuman olganda, Xitoyda bola tug‘ish yoshidagi ayollar soni tobora qisqarib boryapti. 1980 yildan «bir oilaga — bir bola» siyosatining joriy etilishi oqibati shu bo‘ldiki, aksariyat oilalar o‘g‘il farzandni tanlashyapti. Har 100 qiz chaqaloqqa 106 nafar o‘g‘il chaqaloq to‘g‘ri kelmoqda.
Darvoqe, O‘zbekistonda tug‘ilayotgan o‘g‘il va qiz chaqaloqlar o‘rtasidagi nisbat bundan ham kattaroq. Misol uchun, 2021 yil fevral va 2022 yil yanvar oylari statistikalari orqali buni solishtirib ko‘rsa bo‘ladi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, 2021 yildan boshlab har yili Xitoy aholisi 1,1 foizga qisqarib boradi. Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi olimlari prognozlariga ko‘ra, 2100 yilda Xitoy aholisi 587 mln kishi qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi