Putin Rossiyada Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining qarorlarini bajarmaslik haqidagi qonunni imzoladi

1 daqiqa o'qish1.3K
Putin Rossiyada Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining qarorlarini bajarmaslik haqidagi qonunni imzoladi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining (EHM) 2022 yil 15 martdan keyin qabul qilingan qarorlarini ijro etmaslik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Prezident tomonidan imzolangan yana bir qonunda Jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish uchun asoslar qatoridan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining qarorlari olib tashlangan.

Rossiya 15 martgacha qabul qilingan qarorlar bo‘yicha 2023 yilgacha kompensatsiya to‘laydi. Ushbu to‘lovlar rublda amalga oshiriladi.

Putin imzolagan qonunlar Rossiya mart oyi o‘rtalarida Yevropa Kengashidan chiqarib yuborilib, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyaga qarshi shikoyatlarni ko‘rib chiqishni to‘xtatgan keyin Davlat Dumasi tomonidan qabul qilingan edi.

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiya fuqarolari mamlakat sudlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishi yoki o‘z huquqlari hokimiyat tomonidan buzilgani haqida arznoma yo‘llashi mumkin bo‘lgan instansiya edi. Shikoyatlar soni bo‘yicha Rossiya yetakchilardan biri bo‘lib kelgan.

Garchi 2015 yilda Rossiya Konstitutsiyaviy sudi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining qarorlarini bajarilmaydigan deb topishi mumkinligi to‘g‘risida qonun qabul qilingan bo‘lsa-da, rasmiylar Strasburg sudi tomonidan qo‘yilgan jarimalarni muntazam ravishda to‘lab kelgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?