«Boltiqbo‘yi davlatlari keyingi nishon bo‘ladi» — sobiq Rossiya bosh vaziri

1 daqiqa o'qish4K
«Boltiqbo‘yi davlatlari keyingi nishon bo‘ladi» — sobiq Rossiya bosh vaziri
Mixail Kasyanov va Vladimir Putin
Foto: Yandex

«Rossiyaning Ukraina bilan urushi ikki yilgacha davom etishi mumkin, Rossiyaning demokratiyaga o‘tishi va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni tiklashi esa o‘n yillab vaqt talab qiladi» — deya fikr bildirdi Rossiyaning sobiq bosh vaziri Mixail Kasyanov.

Kasyanovning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘pchilik kabi, urush haqiqatan ham boshlanishiga ishonmagan. Ammo hozir, uning fikricha, Vladimir Putin real siyosiy voqelik bilan aloqani yo‘qotib qo‘ygan.

«Menimcha, Ukraina qulasa, keyingi nishon Boltiqbo‘yi davlatlari bo‘ladi»— degan sobiq bosh vazir.

Mixail Kasyanov 2000 yildan 2004 yilgacha Putinning birinchi bosh vaziri vazifasida ishlagan. Muddati tugagach, uning prezident bilan munosabatlari sezilarli darajada yomonlashdi va iste’foga chiqqanidan so‘ng, sobiq bosh vazir amaldagi hukumatga muxolifatga o‘tdi. Iyun oyi boshida Kasyanov Rossiyani tark etdi — uning so‘zlariga ko‘ra, hayoti va ozodligi xavf ostida qolgani uchun u shunday yo‘l tutgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?