Britaniya qo‘shinlari qo‘mondoni «Rossiyani mag‘lub etishga qodir» armiya yaratishga chaqirdi

1 daqiqa o'qish3K
Britaniya qo‘shinlari qo‘mondoni «Rossiyani mag‘lub etishga qodir» armiya yaratishga chaqirdi
Foto: AP Photo
Buyuk Britaniya o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda «Rossiyani mag‘lub eta oladigan» armiya yaratishi kerak, dedi Britaniya qo‘shinlarining yangi qo‘mondoni, mamlakat Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Patrik Sanders. Bu haqda The Independent nashri yozmoqda.

«Hozir ittifoqchilarimiz bilan birgalikda jang qilib, kurashda Rossiyani mag‘lub eta oladigan armiyani yaratish juda muhim», — dedi u Britaniya harbiylariga murojaatida.

Sanders shuningdek, britaniyaliklarning hozirgi avlodi «armiyani yana Yevropadagi urushga tayyorlashi» kerak, degan fikrda.

Avvalroq Britaniya bosh vaziri Boris Jonson The Sunday Times gazetasiga yozgan maqolasida ittifoqchilarni Ukrainadagi uzoq davom etadigan harbiy harakatlarga tayyorlanishga chaqirgan edi.

U Ukrainani qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan ta’minlash, ukrainalik harbiylarni o‘qitishni tezlashtirish va «Ukraina davlatining hayotiyligini» saqlab qolishga yordam berishga chaqirdi, bu esa doimiy moliyalashtirishni talab qiladi.

Aprel oyida Jonson Ukrainadagi janglar 2023 yil oxirigacha davom etishi va Rossiya «g‘alaba qozonishi» mumkinligini tan olgan edi. «Achinarlisi shundaki, bu haqiqatga yaqin ehtimol», — dedi u.

Rossiya bosqini davomida Britaniya bosh vaziri Kiyevga ikki marta, so‘nggi marta 17 iyun kuni tashrif buyurgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar chog‘ida u Kiyevga 120 ta zirhli texnika va kemaga qarshi tizimlar, shuningdek, Jahon bankidan qo‘shimcha 500 million dollar kredit kafolati berishni va’da qildi.

Jonson, shuningdek, ukrainalik harbiylarni mamlakat tashqarisida tayyorlash bo‘yicha operatsiya boshlashni taklif qildi. Uning rejasiga ko‘ra, har 120 kunda 10 minggacha ukrainalik askarni tayyorlash rejalashtirilgan, bu esa «kuchlar muvozanatini tubdan o‘zgartirishi» mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?