1981 yilning 17 dekabrida Italiyaning Verona shahrida favqulodda voqea yuz berdi. Soat 17:30 da Jeyms Douzer yashaydigan xonadonga vodoprovodchi ko‘rinishidagi ikki erkak kirib keldi. Ular ostona hatlab o‘tgach, generalga tashlanishdi va uni hushidan ketguncha do‘pposlashdi. Douzer xonimni esa og‘ziga latta tiqib, yuvinish xonasida bog‘lab tashlashdi. Shundan so‘ng generalni sandiqqa joylab, moviyrang «Fiat» mashinasiga ortdilar va noma’lum tomonga g‘oyib bo‘ldilar.
Suvni tekshirishga kelib...
Agar siz Ikkinchi jahon urushidan so‘ng maxfiy operatsiyalarga ehtiyoj barham topgan desangiz, adashasiz. Bu borada eng asosiy e’tibor Jeyms Douzerni qidirish va uni qutqarish bilan bog‘liq shov-shuvli amaliyotga qaratildi. Xo‘sh, Douzer kim?
Douzer Amerika harbiy arbobi, general-mayor, NATOning Yevropadagi janubiy qo‘mondonlik shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlardi. Brigada generalini qutqarish operatsiyasini Amerika Qo‘shma Shtatlari maxsus xizmati Italiyada olib bordi.
«Qizil brigada» terrorchilari tashkillashtirgan mazkur o‘g‘rilik operatsiyasi Vashintonni karaxt qilib qo‘ydi. Prezident ko‘rsatmasiga ko‘ra, FQB, davlat departamenti va mudofaa vazirligi vakillari shoshilinch kengashga yig‘ildilar. Biroq kuchli bahs va munoazaralarga qaramay, Douzerni qutqarish operatsiyasini tashkil etish va boshqarish borasida tomonlar yakdil fikrga kela olmadi.
«Qizil brigada» vahima solgan edi
Vaqt esa o‘tib borardi. Shu bois AQSH armiyasi razvedka va xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Albert Stabblbaynning taklifi osongina qabul qilindi. Shundan so‘ng tomonlar yengil nafas olib, bu taklifni najotbaxsh hisobladilar.
Ertasi kuni Italiyada o‘tkaziladigan maxfiy operatsiya yuqori bosqich tomonidan rasmiy ravishda ma’qullangach, uni olib borish Stabblbayn zimmasiga yuklatildi. Operatsiya esa «Qishki hosil» deb nomlandi.
Ushbu razvedka boshlig‘i qo‘l ostidagilari orasida ekstrasenslarning mistik tajribalari yoki zamonaviy elektronika mo‘’jizalari bilan bog‘liq g‘ayritabiiy hodisalarga ishtiyoqi nihoyatda balandligi bilan shuhrat qozongan edi. Stabblbayn, hatto ekstrasenslar ta’siri ostida Monro instituti bilan million dollarlik shartnoma tuzgani ham ayon. Bunga ko‘ra, inson miyasiga «global energetik sinxronizatsiya» tizimi orqali ta’sir ko‘rsatish uslublarini vaqt makonida joriy etish ustida tadqiqot olib borilardi. U mazkur ishi uchun Afsungar degan laqab olgan, bu nomi bilan ich-ichidan faxrlanar edi.
Ekstrasenslarga murojaat
«Qishki hosil» operatsiyasini amalga oshirish uchun dastlab o‘g‘irlangan generalning qayerda ekanligini aniqlash zarur edi. Vaholanki, Douzer qachonlardir o‘zining qayerdaligidan xabar qiluvchi shaxsiy elektron qurilmani rad etgan ekan. Italiya maxsus xizmatlarining «Qizil brigada» bazalarini tekshirishi naf bermadi. Agentura faoliyati uchun ko‘p vaqt talab qilinardi, bunga esa fursat yo‘q. Shu sababli Stabblbaynning asosiy umidi ekstrasenslarga qaratildi.
Bu vaqtga kelib AQSHda odamlarning ekstrasenslik iqtidori borasidagi tadqiqot ishlari amalda qo‘llanila boshlangan edi. General «Menkaynd reserch» firmasiga murojaat qildi. Mazkur firma amaliy vazifalar yuzasidan majmuaviy qaror chiqaruvchi bir-biriga yaqin fanlarning yirik mutaxassislari va olimlarini yiqqan edi. Xususan, firma psixotron urush tarziga baho berar, shuningdek, bioenergetika imkoniyatlarini qo‘llagan holda insonni nazorat qilish hamda boshqarish ustida ish olib borardi.
Stabblbayn ikkinchi bo‘lib murojaat qilgan tashkilot muayyan dalillar asosida bir hodisaning qanday bo‘lishi, qay tarzda kechishi va oqibatini oldindan aytib beradigan Markaziy prognozlar byurosi bo‘ldi. Ushbu byuroni tashkil etish 1968 yilga borib taqaladi. O‘shanda bir guruh tashabbuskorlar «Nyu-York tayms» o‘quvchilariga murojaat qilib, kelgusi yili nimalar ro‘y berishini aytishlarini so‘ragan edilar. Minglab javoblar keldi va oradan bir yil o‘tib, faqat haqiqatda yuz bergan «bashorat»lar saralab olindi. Ularning mualliflari testdan o‘tkazildi. Keyingi bosqichda esa sinchkov tekshiruv olib borilib, bo‘lg‘usi hodisalar haqida faqat aniq ishonchli ma’lumot aytgan kishilar tanlandi. Bu odamlar kosmik kemalarning omadsiz start olishi, shuningdek, senator Kennediga suiqasd uyushtirilishini bayon etdilar.
Xayoliy... ko‘rish
«Qishki hosil» operatsiyasi boshlangan kunning ertasiga Stabblbayn rasmiy so‘roviga ko‘ra, Pentagonga «Menkaynd reserch» yuborgan sensitivlar (maxsus mutaxassislar) tashrif buyurishdi. Markaziy prognozlar byurosida ularga Italiyadagi favqulodda holat yuzasidan 200 ta savol berildi. Sinovdan o‘tkazilayotganlarga oddiy fuqaro kiyimidagi Douzerning surati ko‘rsatildi, maxsus xizmatlar nima sababdan u bilan qiziqayotgani esa aytilmadi.
Ekstrasenslar ularga qarshi turdi
Sensitivlarning barchasi generalning tirikligiga ishontirdi, biroq keyin nima bo‘lishini bayon eta olmadilar. Darvoqe, ularning besh nafari Drouzerning uyidagi vanna tagiga dumalab kirib ketgan bekaga tegishli zirak haqida xabar qildilar. Italiya politsiyasi bu ma’lumotni tekshirib ko‘rdi va haqiqatan zirakni topdi.
Geri familiyali sensitiv o‘g‘irlangan general yashirilgan uyni «ko‘rayotgani»ni aytdi. Bu maskanning tashqi tomonini bayon qildi, ammo uyning o‘zi qayerda joylashganini aniqlay olmadi.
Stabblbayn «oldindan ko‘ra oladigan» faqat besh nafar mutaxassisni qoldirdi. Ularni alohida xonalarga joylashtirib, Douzerni xayolan topishga urinib ko‘rish haqida topshiriq berdi. Tashqi dunyodan ajratilgan bu ekstrasenslar Italiya shaharlari va sayyohlik majmualari aks etgan fotosuratlardan iborat albom bilan ta’minlandi. Rojdestvo arafasida Geri o‘g‘irlangan odam qishloq joyiga olish ketilgani, «qo‘ylar boqiladigan og‘ilda, pichan ustida» ushlab turilgani haqida xabar qildi.
Shundan so‘ng parapsixologlardan iborat mutaxassislar maxsus kengashga chaqirildi. Ruhiy nomuvofiqlik va bir-biriga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun sensitivlar alohida-alohida ishlayotgan edilar. Xo‘sh, ular birlashtirilsa yaxshi emasmi? Dalillar keltirish va inkor qilishga doir bahs-munozaralar boshlanib ketdi. Ekstrasenslarni alohida qilish haqida ham gap-so‘z bo‘ldi. Stabblbayn baribir o‘z fikrida turib oldi.
Ilk jamoaviy seanslardan yaxshi natijalarga erishildi. Geri og‘ilni «ko‘rsatganida» sensitivlardan biri uning yonida kichkina uychani «ko‘rdi». Uchinchi ekstrasens uycha tosh bilan o‘ralganini aytdi. To‘rtinchi mutaxassis yaqinroqdagi ikki yo‘l kesishgan joyga «nazar soldi». Ularning tavsifiga ko‘ra, rassom o‘sha joyning manzarasini chizib berdi. Mazkur rasm Italiya maxsus xizmatiga faks orqali yuborildi.
Uy topildi, ammo...
Yanvar oyi o‘rtalarida italiyaliklar ushbu rasmdagi tasvirga juda o‘xshash uyni topdilar. Yarim tunda kalta stvolli miltiq bilan qurollangan askarlar ushbu ob’ektni o‘rab olishdi. Biroq hujumdan so‘ng bu uyda oddiy dehqon oilasi yashashi ayon bo‘ldi. Italiya politsiyasi qo‘rg‘on xo‘jayinini yashirincha nazoratga oldi. Uyda haqiqatan og‘il bor, uning rasmini Geriga ko‘rsatishganida seans vaqtida xayolan ko‘rgan tasvirdan sira farq qilmasligini aytdi. Endi esa yana bir vazifa qolgan edi – ekstrasens xato qilganmi yoki terrorchilar tutqunni boshqa joyga o‘tkazishga ulgurishganmi?
Guruhdagi besh nafar sensitivni maxsus xizmat «ko‘lanka»lari bilan birgalikda Italiyaga safarbar qilishdi. Ularning vazifasi oldingidek qoldi. Yana bir tezkor guruh esa elektron razvedka yordamida shubhali uylarni aniqlab berdi va askarlar shu asosda 17 nafar terrorchini qo‘lga olishdi.
1982 yil 25 yanvar – dushanba kuni senstivlar Douzerning Paduya shahri chekka hududidagi uylardan birida saqlanayotganini xabar qilishdi. Italiya politsiyasi bu uyni bir sutkadayoq topdi. Ekstrasenslarni navbati bilan ob’ekt yonidan olib o‘tayotganlarida ular tutqun aynan shu yerda, uch xonali uyda ekanligini ishonch bilan ta’kidladilar. Biroq qaysi qavatda ekanligi borasida turli fikrlar bildirildi. Shu bois qo‘shimcha hech qanday ma’lumot olishning iloji bo‘lmadi. Qaysi uy va unda nechta terrorchi borligi haqida tasavvurga ega bo‘lmay turib bosqin uyushtirish o‘ta tavakkal va xatarli ish edi, albatta.
Tezkor ta’sir ko‘rsatish guruhi buning yo‘lini topdi. Birinchidan, «Qizil brigada»ning yashirin tashkilot a’zolari va o‘z faoliyatini sir tutishiga qaramay, barcha telefon qo‘ng‘iroqlarini eshita boshlashdi, ammo bu borada natijaga ishonilmadi. Ikkinchidan, ekstrasenslar har bir uydagi elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini tekshirishni taklif qilishdi.
Uyda elektrplitalardan foydalaniladi, agar begonalar turgan bo‘lsa, buni elektr quvvati sarfiga qarab aniqlash mumkin. Istiqomat qiluvchilarda shubha tug‘dirmaslik uchun shahar ma’muriyati to‘lov to‘g‘riligini tekshirishga kirishdi, nazoratchi uylarni aylanib chiqdi. Ikkinchi qavatdagi uylardan birining elektr quvvati sarfi dekabr oyidagidan ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi. Demak, o‘g‘irlangan general mana shu uyda faqat bitta soqchi qo‘riqchiligida saqlanmoqda.
Kapalagi uchgan tutqun
28 yanvarga o‘tar kechasi qora qayishqoq korjoma kiygan 10 nafar yigit uyga ovoz chiqarmay yopirilib kirdi. Eshikni sinchiklab o‘rganish ikkinchi qavatda hech qanday alohida zulfin yoki signallar beradigan qurilma qo‘yilmaganini ko‘rsatdi. Qulf va halqalarga maxsus aralashma quyildi. Maxsus guruh yigitlari harakatni bo‘shashtirmay ochqichlar bilan ishlashdi va uyga muvaffaqiyatli kirib olishdi.
General Douzerni fonusning ko‘zni qamashtiruvchi nurlari uyg‘otib yubordi. U qo‘rqib ketib, o‘rnidan turib qochmoqchi bo‘ldi, biroq karavotga zanjirlab qo‘yilgani bois yana joyiga mixlandi.
– Siz Jeyms Douzermisiz? – deb so‘radi kimdir qorong‘ilikdan.
– Ha, ha, – esankirab bosh irg‘adi tutqun.
Xonada chiroq yoqildi va general g‘alati kiyingan baquvvat yigitlar soqchining ta’zirini berganini ko‘rdi. Yarim oqshomgacha o‘g‘li bilan sharobxo‘rlik qilgan xo‘jayin deyarli qarshilik ko‘rsatmasdi.
– Kiyining, general. Sizni Rimda intizor bo‘lib kutishmoqda, – shunday deb maxsus xizmat yigitlaridan biri kiyim-kechaklar solingan jomadonchani unga uzatdi.
– Sizlarga qanday minnatdorlik bildirishni bilmayapman, – dedi Douzer.
– Bizga emas, ekstrasenslarga rahmat ayting.
Rimga ketish yo‘lida generalga uni ozod qilishning g‘aroyib tarixi haqida so‘zlab berdilar.
Nihoyat general qutqarildi..
General-mayor Albert Stabblbayn ikkita muvaffaqiyatga erishgani – »Qishki hosil» operatsiyasini qoyilmaqom yakunlagani va ekstrasenslarning maqomini bir darajaga ko‘targanidan mamnun edi.
Akbar Fathullayev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi