AQSH aeroportida ichida yo‘lovchilar bo‘lgan samolyot yonib ketdi

1 daqiqa o'qish1.4K
AQSH aeroportida ichida yo‘lovchilar bo‘lgan samolyot yonib ketdi
Foto: Sputnik
Bortida 126 kishi bo‘lgan samolyot AQSHning Mayami xalqaro aeroportiga qo‘nganidan so‘ng yonib ketdi. Bu haqda NBC Miami xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yong‘inga qo‘nish chog‘ida samolyot shassisining shikastlanishi sabab bo‘lgan. Aviatsiya departamenti vakiliga ko‘ra, Red Air reysi Dominikan Respublikasining Santo-Domingo shahridan uchib kelgan.

Layner bortida 126 kishi bo‘lgan, ulardan uch nafari yengil jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan. Boshqa yo‘lovchilar avtobusda samolyotdan terminalga olib ketilgan.

O‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, samolyotdagi yong‘in tezda nazoratga olinib, yonilg‘i sizib chiqqan joylar bartaraf etilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?