COVID-19ga qarshi vaksina qancha odamning hayotini saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1.4K
COVID-19ga qarshi vaksina qancha odamning hayotini saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi
Foto: New Atlas
London imperiya kolleji tadqiqotchilari COVID-19ga qarshi vaksinalar qancha odamning umrini saqlab qolganini matematik modellashtirish yordamida aniqlashdi. Bu haqda New Atlas xabar berdi.

2021 yilda koronavirusga qarshi vaksina yordamida dunyo bo‘yicha taxminan 20 million kishining hayoti qutqarilgan.

Tadqiqotda qo‘llanilgan kompyuter modeli avvaliga 185 mamlakatdagi ortiqcha o‘limlar haqidagi xabarlarni kuzatib bordi. So‘ngra har bir mamlakatda kovidning yuqishi hamda ayrim mamlakatlardagi vaksinatsiya jarayonlari hisobga olindi. Shu ma’lumotlar asosida 2021 yil davomida emlash olib borilgan har bir mamlakatda qancha odam virusni yuqtirishdan va o‘limdan saqlab qolingani hisoblab chiqildi.

Kompyuter modeliga ishonadigan bo‘lsak, agarda vaksinalar ishlab chiqarilmagan va aholi emlanmaganida, 2021 yilda COVID-19 oqibatida 31,4 million kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lardi. Model rasman kovid sifatida tasniflanmagan ortiqcha o‘limlar soni 2021 yilda 11,6 millionta bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Bundan kelib chiqadiki, vaksinalar o‘tgan yili katta ehtimol bilan 19,8 million kishining umrini saqlab qolgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?