«NATOni tarqatib yuboring»: Madridda alyans sammitiga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o'qish2.3K
«NATOni tarqatib yuboring»: Madridda alyans sammitiga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda
Foto: Picture Alliance
Madridda «NATOni tarqatib yuborish» va AQSHning Ispaniyadagi harbiy bazalarini yopish talabi bilan o‘tkazilgan namoyishda bir necha ming kishi qatnashdi. Miting 26 iyun, yakshanba kuni, NATO sammiti oldidan o‘tkazildi.

Namoyish ishtirokchilari shahar markazi bo‘ylab harakatlandi – Atocha stansiyasidan Ispaniya maydonigacha. Transparantlardan birida «NATOga – yo‘q, urushlarga – yo‘q, tinchlik uchun» degan yozuv bo‘lgan. Yig‘ilganlar Ispaniyaning harbiy xarajatlarni oshirishiga qarshi chiqdi. Shu bilan birga, Dpa agentligiga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi urushi bilan bog‘liq deyarli hech qanday tanqid bo‘lmagan.

Ispaniyaning ABC gazetasi xabariga ko‘ra, mitingga Ispaniya Kommunistik partiyasi (PCE) bosh kotibi va 2030 yilgacha bo‘lgan kun tartibi bo‘yicha davlat kotibi Enrike Santyagoning kelgani shov-shuv keltirib chiqargan.

Shu bilan birga, ABC ma’lumotiga ko‘ra, siyosatchining mitingda ishtirok etishi ko‘p jihatdan ramziy ma’noga ega bo‘ldi. U namoyishga tadbir boshlanganidan keyin qo‘shildi, faqat suratga tushish uchun PCE boshida turdi va miting tugashidan ancha oldin ketib qoldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishda 2200 ga yaqin odam qatnashdi, tashkilotchilar esa 30 mingga yaqin kishi ishtirok etganini aytmoqda.

Aksiyada politsiyaning katta kontingenti navbatchilik qildi, biroq tadbir tinch o‘tdi. Sammit kunlarining biriga yana bir namoyish rejalashtirilgan edi, ammo rasmiylar xavfsizlik nuqtayi nazaridan uni bekor qilishga qaror qildi.

NATO sammitida alyans yangilangan Strategik konseptsiyani va Yevropada qo‘shimcha kuchlarni joylashtirishni e’lon qilishi kutilmoqda, degandi avvalroq AQSH ma’muriyatining yuqori martabali vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyansning yangi strategiyasida Rossiya NATO uchun eng jiddiy va bevosita tahdid sifatida ko‘rsatiladi.

Sammit arafasida Boltiqbo‘yi davlatlari Latviya, Litva va Estoniyani Rossiyaning potensial bosqinidan himoya qilish strategiyasini yangilashga chaqirdi. Hozir ittifoq ushbu mamlakatlarning Rossiya tomonidan bosib olinishi va ularni 180 kun ichida ozod qilish ssenariysidan kelib chiqmoqda. Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas avvalroq Ukrainaga bostirib kirish bunday strategiyaning ahamiyatsizligini ko‘rsatganini ma’lum qilgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?