Foto: AP
Massachusets texnologiya instituti rahbarligidagi xalqaro tadqiqotchilar guruhi plazma yordamida Mars sharoitida kislorod olish usulini ishlab chiqdi. Olimlarning tadqiqoti Journal of Applied Physics jurnalida chop etildi.
«Kislorod olish uchun is gazi molekulalarini parchalash murakkab jarayon. Bundan tashqari, yana bir murakkablik reaksiya davomida olingan kislorodni gaz aralashmasidan ajratib olishda. Har ikki muammoni hal qilishda plazma yordam beradi», – deb hisoblaydi olimlar.
Plazma – materiyaning to‘rtinchi shakli. Plazma elektron va ion kabi erkin zaryadlangan zarralarga ega. Elektronlarni elektron maydonlar yordamida osongina harakatga keltirish mumkin.
Elektronlar is gazi molekulasi bilan to‘qnashganda uni parchalab, kislorod va gazlar aralashmasini hosil qiladi. Plazmadan ajralib chiqqan issiqlik kislorod ajralishiga yordam beradi. Olimlar bu nazariyani tajriba asosida isbotlab berishdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu texnologiya Marsda yashash tizimi hamda yonilg‘ini qayta ishlash, qurilish materiallari va o‘g‘itlar ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan kimyoviy moddalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi