21:06 / 20.08.2022
1 648

Hindistonda imom avval nikoh o‘qishga majburlandi, so‘ng hibsga olindi

Hindistonda imom avval nikoh o‘qishga majburlandi, so‘ng hibsga olindi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi masjidlardan birining imomi hibsga olindi. Firuzobodda hindulikka e’tiqod qiluvchi 25 yoshli Fulan Singx 15 yoshli hindu qizni o‘g‘irlab, mahalliy masjidlardan biriga olib keladi. Masjidda u imomdan o‘zi va o‘g‘irlangan ayol o‘rtasida nikoh o‘qishni talab qila boshlaydi.

Imom Shomim notanish odamning bu talabidan hayratda qoldi va unga islomiy nikohni hindular uchun o‘qib bo‘lmasligini, chunki bu yer FXDYO emas, balki masjid ekanligini tushuntirdi. Ammo Singx imomga zo‘ravonlik bilan tahdid qila boshladi va noiloj qolgan imom o‘zini nikoh o‘tkazishga rozi bo‘lgandek ko‘rsatishga majbur bo‘ldi.

Bu vaqtda politsiya masjidda reyd o‘tkazadi va imomni “islomni majburlab qabul qildirish”da ayblab, hibsga oladi, deb yozadi Siasat sayti.

Hindiston qonunlariga ko‘ra, agar turmush qurmoqchi bo‘lgan shaxs nikoh uchun Islomni qabul qilsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, hindular o‘g‘irlab ketilgan qizni keyinchalik boshqa shaharda qullikka sotish uchun uylanish niyatida bo‘lgan, u yerda u allaqachon unga xaridorlar topib qo‘ygan ekan.

Voqea bema’ni bo‘lishiga qaramay, politsiya Imom Shomimdan gumonni olib tashlamadi va u tergov ostida qolmoqda.

"Qanday qilib ikki hindu o‘rtasida nikoh o‘qishim mumkin?!" - politsiya zo‘ravonligi va islomofobiyaning navbatdagi qurboniga aylangan imom ana shunday javobsiz savolar girdobida qoldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda imom avval nikoh o‘qishga majburlandi, so‘ng hibsga olindi