
Bir oydan so‘ng Ventian laboratoriya moduli bilan koinotga yetkazilgan eksperimental guruch urug‘lari muvaffaqiyatli unib chiqdi, deya xabar bermoqda Kazinform’ning o‘z muxbiri Xitoy Fanlar akademiyasining e’lon qilingan xabariga tayanib.
Xitoy Fanlar akademiyasining koinotda o‘simliklar yetishtirish dasturi rahbari Chjen Xyuysyunning so‘zlariga ko‘ra, sholi urug‘larining unib chiqishi muvaffaqiyatli boshlangan, xususan, kalta donli sholi 4-5 sm ga unib chiqqan. Bu jarayonda taykonavtlar (Xitoyda astronavtlarni shunday atashadi – tahr.) namunalar yig‘adi, so‘ng ularni muzlatib qo‘yadi va saqlaydi, so‘ngra tahlil qilish uchun Yerga qaytaradi.
U tadqiqot dunyoda birinchi bo‘lib kosmik mikrogravitatsiyada “urug‘dan urug‘gacha” butun hayot sikli davomida guruch yetishtirish bo‘yicha tajribani amalga oshirishiga umid bildirdi.
Xitoy Fanlar akademiyasining xabarida ta’kidlanganidek, uzoq koinotni tadqiq qilishda, hatto Marsga borishni hisobga olinsa ham, faqat Yerdan yetkaziladigan oziq-ovqatga tayanib bo‘lmaydi. Uzoq muddatli sayohat uchun kosmosda oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish muammosini hal qilish kerak.
“Kelajakda kosmik ekinlarni ishlab chiqarish butunlay izolyatsiya qilingan sun’iy muhitda amalga oshirilishi kerak. Kosmosda yetishtiriladigan ekinlar yuqori hosil va sifat, yuqori samaradorlik va kam energiya iste’moli talablariga javob berishi kerak”, — dedi Chjen Huiqiong.
Birinchi Ventian laboratoriya moduli iyul oyida ishga tushirilgan edi. Oktabr oyida ikkinchi Mengtian modulining ishga tushirilishi kutilmoqda, shundan so‘ng Xitoyning Tiangong (Samoviy saroy) orbital stansiyasining qurilishi yakunlanadi, u T shaklini oladi.
So‘nggi yillarda Xitoy hukumati milliy kosmik dasturni izchil rivojlantirmoqda. Chin olimlari rejasida shu yil oxirida Xitoyning birinchi kosmik orbital stansiyasi qurilishini yakunlashdan tashqari, Oy va Marsni tadqiq qilish ham bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar