Coca-Cola'dan uchta “nol”ga ega yangi ichimlik: O‘zbekistonda ham sotiladimi?

Coca-Cola'dan uchta “nol”ga ega yangi ichimlik: O‘zbekistonda ham sotiladimi?

Coca-Cola Yevropada ichimliklar bozorida qiziq yangilikni taqdim etdi. Kompaniya Triple Z nomli yangi mahsulotni ishga tushirdi. Uning asosiy jihati — ichimlikda bir vaqtning o‘zida shakar ham, kofein ham, kaloriya ham yo‘q.

Coca-Cola ta’mi saqlanib qoladimi?

Yangi mahsulotning eng qiziq tomoni shundaki, ishlab chiqaruvchi uchta muhim tarkibiy xususiyatdan voz kechgan bo‘lsa-da, Coca-Cola'ga xos tanish ta’mni saqlab qolishga va’da bermoqda.

Uchta “nol”: shakar — yo‘q, kofein — yo‘q, kaloriya — yo‘q.Triple Z ayrim Yevropa mamlakatlarida allaqachon sotuvga chiqarilgan. Uning qanchalik keng tarqatilishi esa iste’molchilarning munosabatiga bog‘liq bo‘lishi aytilmoqda.

Bir shishada bir nechta xususiyat

Aslida, kompaniya avvalgi mahsulotlarida alohida uchragan xususiyatlarni yangi ichimlikda birlashtirishga harakat qilgan. Shu sababli Triple Z Coca-Cola'ning yangi avlod mahsulotlaridan biri sifatida e’tibor tortmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar