70 million dollarlik sigir: Viatina-19 nega bunchalik qimmat?

70 million dollarlik sigir: Viatina-19 nega bunchalik qimmat?

Bir sigirning narxi 70 million dollarga yetishi mumkinmi? Braziliyada yetishtirilgan Viatina-19 aynan shu qiymat bilan dunyodagi eng qimmatbaho qoramollardan biriga aylandi. Ammo uning narxi go‘shti yoki ulkan gavdasi bilan emas, genetik salohiyati bilan belgilanmoqda.

Uning 33 foizi 21 million dollarga sotildi

Yaqinda o‘tkazilgan kimoshdi savdosida Viatina-19 ga egalik huquqining 33 foizi qariyb 21 million dollarga sotildi.

Ushbu kelishuvdan keyin sigirning umumiy qiymati taxminan 70 million dollar deb baholandi.

Eng qizig‘i: Viatina-19 oddiy chorva sifatida emas, qimmatbaho genetik aktiv sifatida baholanmoqda. Viatina-19 Braziliyada yetishtirilgan Nelore zotiga mansub. Uning asosiy ustunliklari:

issiq iqlimga chidamliligi;

kasalliklarga nisbatan yuqori immuniteti;

qariyb 1100 kilogramm vazni;

genetik xususiyatlarini avlodlariga yuqori darajada o‘tkazish qobiliyati.

Mutaxassislar Viatina-19 ning qiymatini, avvalo, naslchilik imkoniyatlari bilan izohlamoqda. Uning genetik xususiyatlaridan foydalanish embrion yetishtirish va naslchilik sohalarida katta daromad keltirishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar