“Madagaskar”dagidek qochish: pingvinlar qafasdan chiqib, hayvonot bog‘ini bemalol sayr qilgani tarmoqlarda qiziqish uyg‘otdi

“Madagaskar”dagidek qochish: pingvinlar qafasdan chiqib, hayvonot bog‘ini bemalol sayr qilgani tarmoqlarda qiziqish uyg‘otdi

Daniyadagi hayvonot bog‘laridan birida bir guruh pingvin qafasidan chiqib ketib, hudud bo‘ylab bemalol sayr qilgani ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Eng qizig‘i, ular har tomonga tarqalib ketmadi — xuddi maxfiy topshiriqqa otlangan jamoa kabi bir qator bo‘lib harakatlandi.

Pingvinlar “maxsus operatsiya” boshladi

Tarqalgan videoda pingvinlarning xizmat yo‘laklari va hayvonot bog‘ining turli qismlari bo‘ylab ketayotgani aks etgan.

Ular ortlarida kichik izlar qoldirib ketgan. Aynan shu izlar xodimlarga “qochqinlar”ni tezda topishga yordam bergan.

Pingvinlar tarqalib ketmadi — go‘yo qayerga ketayotganini oldindan kelishib olgandek, bir safda yurishdi. Pingvinlarning qafasdan qanday chiqib ketgani aniqlanmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ular ochiq qolgan yo‘lak orqali tashqariga chiqib ketgan bo‘lishi mumkin.

Biroq vaziyat uzoqqa cho‘zilmadi. Xodimlar pingvinlarni xavfsiz tarzda topib, yana o‘z yashash joylariga qaytarishdi. Video keng tarqalishi ortidan foydalanuvchilar bu manzarani mashhur “Madagaskar” multfilmidagi pingvinlar bilan solishtirishdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar