
Rossiyaning Tyumen shahrida 5-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bir qizcha ro‘moli sababli maktabga qo‘yilmagan. Ro‘mol tufayli maktabga kirgizmaslik o‘quv muassasasining direktoridan chiqqan. U diniy atributlarga ega kiyim kiyishni taqiqlovchi maktab qoidalariga ishora qilgan. Direktorning gaplaridan va sinfdoshlarining mazaxlaridan xafa bo‘lgan qiz yig‘lab ruhiy travma olgan.
Tyumen viloyati rasmiylari ro‘mol tufayli maktabga ruxsat berilmagan qiz Oyshani himoya qilib chiqishdi.
Kecha viloyat vitse-gubernatori maktab o‘quvchisining otasi va sinfdoshlari ko‘z o‘ngida bolani kamsitgan maktab direktorini ta’lim boshqarmasiga yig‘ilishga taklif qildi.
O‘qituvchining noma’qul xatti-harakati Rossiya musulmon ayollari ittifoqi rahbari Noila Ziganshinani g‘azablantirdi. Ayol bu holatni bola uchun absurd va shikast yetkazish deb hisoblaydi. U maktab direktorini “mansabiga noloyiq” deb atagan.
- "Qizning boshidagi ro‘mol yoki ro‘mol kimga xalaqit beradi? Ertaga kimgadir maktabga yubka va hokazolarsiz borish kerakdek tuyuladi. Bu da’volar bema’niku! Odam nima kiyishni o‘zi tanlaydi. Insonga nima kiyishni belgilashga kim haqli? Qizlar maktabga kalta yubkada kelishsa, bundan kim norozilik bildiryapti? Agar yarim yalang‘och qizlar kelishi mumkin bo‘lsa, nega kiyingan qizlarning maktabga kelishi taqiqlanib, muammo sun’iy ravishda yasalmoqda? Bunday o‘qituvchi bolalarga nimani o‘rgatishi mumkin? Menimcha, bolalar psixologiyasini tushunmaydigan, bolalarni tushuna olmaydigan, qalblarga zarar yetkazadigan bunday zararkunanda o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish kerak”, — deya Noila Ziganshina so‘zlarini keltiradi "Govorit Moskva" radiostansiyasi.
U yerda gaplashib, maktab nizomi o‘zgartirilishi hamda ro‘mol o‘rashga ruxsat berilishiga kelishildi.
Tomonlar yarashdilar. Mojaro hal qilindi. Qizning maktabga ro‘molda borishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bundan tashqari, vitse-gubernator Tyumen viloyatidagi barcha maktablarda o‘quvchi qizlarga ro‘mol o‘rash taqiqlanmaganini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar