1 601
Urushning 215-kuni: Xarkiv oblastida istilo izlari, Krasnoyarskda safarbar qilinganlarni kuzatish (foto)

26 sentyabr kuni rossiyaliklar mamlakatni yoppasiga tark etishga urinishda davom etdi — Gruziya va Qozog‘iston bilan chegara hududida ko‘p kilometrlik navbatlar yuzaga kelgan. Shu bilan birga ketish tobora qiyinlashmoqda: aeroportlardagi chegarachilarga chaqiruv qog‘ozi olganlarning ro‘yxati berilgan. Bunday fuqarolar chegaradan o‘tishi uchun harbiy komissariat ruxsatnomasi bo‘lishi kerak.
Ukrainada rossiyalik harbiylar Kramatorsk va Krivoy Rogdagi aeroportni o‘qqa tutishdi. Moskvada kuchishlatar tuzilmalar xodimlari shoir va huquq faoli Artyom Kamardinni qo‘lga olib, qattiq kaltaklashdi — Triumfal maydondagi Mayakovskiy haykali oldida «safarbarlikka qarshi» she’rlar o‘qigani uchun.
Quyida urushning 215-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xarkiv oblasti

Xarkiv oblasti Dementiyevka qishlog‘ida Ukraina qurolli kuchlarining sobiq pozitsiyasi hududida askarlar va tinch aholi vakillari jasadini qidirayotgan ukrain harbiylari. Bahorda ushbu aholi yashash manzili uchun uning joylashuvi tufayli shiddatli janglar kechgandi: uning atrofida joylashtirilgan og‘ir artilleriya bilan Xarkiv markazini o‘qqa tutish mumkin edi. Ukrain armiya iyul oyida Dementiyevkani ozod etgan. Foto: Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Dementiyevka qishlog‘i atrofidan topilgan ukrain harbiysi jasadini olib ketayotgan ukrain harbiylari
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Kozacha Lopan posyolkasida vayron bo‘lgan parrandachilik fermasi tomida tank qismlari osilib turibdi. Ukraina armiyasi ushbu aholi yashash manzilini sentyabr oyi o‘rtalarida ozod qilgandi — ukrain harbiylari bu yerda rossiyalik harbiylar tomonidan tashkil etilgan qamoqxonalar va qiynoq kameralari, shuningdek birodarlik qabristonini topishgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Kozacha Lopan posyolkasi atrofidagi minalashtirilgan maydonda qolgan rossiyaliklarning yakson bo‘lgan avtomobili.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainalik ko‘ngilli sentyabr oyining birinchi yarmida Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgan Izyum shahri yaqinidagi Rossiya armiyasining shikastlangan texnikalarini yig‘ish punktida rossiyaliklar tankini ko‘zdan kechirmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Izyum shahri. Ukrain harbiylari amerikalik milliarder Ilon Mask taqdim etgan Starlink tizimi orqali internetga kirish uchun foydalanadigan antenna. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Donbass shimoli

Donetsk oblastidagi tutashuv chizig‘ida ukrain harbiylari rossiyaliklar pozitsiyasini minomyotdan o‘qqa tutmoqda. Donetsk oblasti hududining 45 foizga yaqin qismi hamon Ukraina nazoratida qolmoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Kramatorskda gumanitar yordam tarqatish punktida navbatda turgan odamlar. Rossiya urushning boshidan buyon Kramatorskni egallashga harakat qiladi, shahar uchun so‘nggi jiddiy janglar yozda bo‘lib o‘tdi. Ammo shahar hamon Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Kramatorskda rossiyaliklarning 26 sentyabr kungi zarbalaridan shikastlangan besh qavatli uy binosi. Ukrain rasmiylariga ko‘ra, hujum natijasida to‘rt kishi yaralangan. Foto: Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Kramatorskda rossiyaliklar zarbasidan keyin pod’ezdga kirishda portlashdan keyingi parchalarni supurib tashlayotgan ayol.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Safarbarlik

Moskvadagi safarbarlik markazida pirojkilar, shirinliklar va choy solingan termos. Rossiya hukumati qancha odamni harbiy xizmatga chaqirmochi ekani hamon noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Getty Images

Krasnoyarskda safarbar qilinganlarni kuzatish jarayoni — ularni dastlab Omsk oblastidagi o‘quv yig‘iniga olib borishadi.
Andrey Samsonov / TASS

Krasnoyarsk vokzalida safarbar qilinganlarni kuzatish tadbiridagi harbiy orkestr.
Andrey Samsonov / TASS
Bosib olingan hududlardagi tashviqot

Melitopollik kishi velosipedi bilan Ukrainaning bosib olingan hududlari Rossiyaga qo‘shib olinishi bo‘yicha «referendum» targ‘ibot qilingan plakat yonidan o‘tmoqda. Melitopolning qonuniy meri Ivan Fedorov «referendum»ni shahar aholisining faqat 10 foizi qo‘llab-quvvatlaganini aytmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar