13:37 / 05.10.2022
962

AQSHning Pokistondagi elchisi Azad Jammu Kashmir viloyatiga bordi

AQSHning Pokistondagi elchisi Azad Jammu Kashmir viloyatiga bordi
AQSHning Islomoboddagi elchisi Donald Blom Pokistonning Azad Jammu Kashmir mintaqasiga tashrif buyurdi.

AQSHning Islomoboddagi elchixonasi bayonotida aytilishicha, elchi Blom Azad Jammu Kashmirga birinchi tashrifi chog‘ida Muzaffarobod shahrida 2005 yili sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikni ziyorat qilgan.

Bayonotda AQSH va Pokiston o‘rtasidagi 75 yillik munosabatlar davomida AQSH qiyin paytlarda doimo Islomobodning yonida bo‘lgani bildirildi.

Ta’kidlanishicha, Vashington mintaqada sodir bo‘lgan zilzila vaqtida katta gumanitar yordam ko‘rsatgan.

Qo‘shma Shtatlar suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish uchun mamlakatga 66 million dollar yordam yubordi, deyiladi bayonotda.

Elchi Blom tvitterda AQSH Pokistondagi 32 ta tarixiy, madaniy va meros obektlarini tiklash uchun 7,1 million dollar ajratganini aytdi.

"Ushbu loyihalar Qo‘shma Shtatlarning Pokiston, uning madaniyati va xalqiga bo‘lgan hurmati va hayratini namoyish etadi", dedi elchi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo