Qozog‘istondagi hukmron partiya prezidentlikka Toqayev nomzodini ko‘rsatdi

Qozog‘istondagi hukmron partiya prezidentlikka Toqayev nomzodini ko‘rsatdi
Qozog‘istonda hukumron «Amanat» partiyasi amaldagi prezident Qasim-Jomart Toqayevni bo‘lajak saylovda prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi.

«Amanat»ning navbatdan tashqari XXIV qurultoyida partiya raisi Yerlan Koshanov shunday dedi:

«Bir ovozdan qaror qilindi. Hurmatli shu partiya a’zolari, Amanat partiyasining XXIV qurultoyi qarori bilan Qosim-Jomart Kemelevich Tokayev bir ovozdan Qozog‘iston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi».

Quriltoy ishtirokchilari Toqayev nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi.

Joriy yilning 1 sentyabr kuni Toqayev muddatidan oldin saylov o‘tkazilishini bildirgan edi. Qozog‘istonda navbatdagi prezidentlik saylovi 20 noyabrda o‘tkaziladi. Toqayev imzolagan konstitutsiyaga o‘zgartishlarda joriy yildan boshlab prezident faqat bir marta 7 yillik muddatga saylanishi qayd etilgan.

Ayni paytda prezidentlikka boshqa partiyalar ham o‘z nomzodlarini olg‘a surmoqda. «Auil» partiyasidan Jiguli Dayrabayev, OSDPdan Nurlan Auyesbayev, «Amanat» kasaba uyushmalaridan Meyram Kajiken nomzodlari ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar